Mantiqiy xulosa - bir va un dan ortiq chin mulohazalardan maʼlum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarish. Xulosa chiqarish jarayoni asoslardan xulosaga mantiqan oʻtishdan tashkil topadi. Mantiqiy xulosa chikarish uchun asoslar chin boʻlishi, bir-biri hamda xulosa bilan mantiqan bogʻlangan boʻlishi shart. Xulosa asoslari bilan xulosaning mantiqan bogʻliq boʻlishi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan boʻladi. Mantiq ilmida fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra, deduktiv xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish va analogiya (oʻxshatish) orqali xulosa chiqarish turlari oʻrganiladi. Mantiqiy xulosa chiqarishning har bir turiga xos boʻlgan qoidalar mavjud boʻlib, ularning buzilishi xulosaning xato boʻlishiga olib keladi (yana qarang Mantshiy xatolar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil