Manuel Obafemi Akanji (1995-yil 19-iyulda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi, Bundesliganing Borrusia Dortmund klubi va Shveysariya terma jamoasi himoyachisi.

Manuel Akanji
2018-yil Akanji Shvetsariya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Manuel Obafemi Akanji[1]
Tavallud sanasi 19-iyul 1995-yil (1995-07-19) (28 yosh)
Tavallud joyi Wiesendangen,[2] Switzerland
Boʻyi 1.88 m[3]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2007 FC Wiesendangen
2007-2014 Winterthur
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2015 Winterthur 35 (1)
2015-2018 Basel 42 (5)
2018- Borussia Dortmund 119 (4)
Milliy terma jamoa
2014 Shvetsariya U20 2 (0)
2014-2015 Shvetsariya U21 6 (0)
2017- Shvetsariya 41 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Wiesendangen shahrida tugʻilgan[4] Akanji oʻzining yoshlik faoliyatini Vizendangendagi mahalliy klubda boshlagan. 2007-yil may oyida Akanji klubini oʻzgartirdi va „Vintertur“ klubining yoshlar jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Dastlabki yillarida u 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida, keyin esa ikkinchi jamoasida oʻynagan. 2014-15-Challenge ligasida u Vinterturning boshlangʻich tarkibida edi.

Basel tahrir

2015-yilning 15-aprelida Akanji Superliganing 2015-16-yilgi mavsumi uchun Baselga oʻtishi eʼlon qilindi[5]. U Shveysariya Superligasidagi debyutini 2015-yilning 26- sentyabrida „Lugano“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Murabbiy Urs Fisher qoʻl ostida Akanji 2015-16-Superliga mavsumi[6] va 2016-17-Superliga mavsumi oxirida ikkinchi marta Shveysariya Superligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Klub uchun bu ketma-ket sakkizinchi chempionlik va jami 20-chempionlik unvoni boʻldi. Shuningdek, ular Shveysariya kubogini oʻn ikkinchi marta qoʻlga kiritishdi, bu esa klub tarixida oltinchi marta dublga erishganini anglatadi[7].

Borussiya Dortmund tahrir

Akanji 2018-yilning 15-yanvarida qishki transferlar vaqtida Dortmundning „Borussiya“ klubiga 18 million yevro evaziga oʻtgan edi[8]. U 2022-yilning iyuniga qadar toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[9]. 27-sentyabr kuni Akanji klub uchun birinchi golini va Bundesligadagi birinchi golini urdi[10]. Akanji 2019/20-yilgi mavsumda Dortmundning „Bavariya“ga muvaffaqiyatsiz oʻyini paytidagi xatolari uchun koʻp tanqid qilindi. Akanji jamoaning zaif boʻgʻini sifatida alohida koʻrsatilgan asosiy oʻyinchilardan biri edi[11].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Akanji Shveysariya U20 terma jamoasida ikkita oʻyinda maydonga tushdi. Uning debyuti 2014-yilning 7-sentyabrida Germaniya U20 terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) boʻlgandi. 2014-yildan u Shveysariya U21 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 26-mart kuni Italiya U21 terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:3) debyut qilgan.

Akanji 2017-yil 9-iyun kuni JCh-2018 saralashi doirasidagi Farer orollariga qarshi oʻyinda (2:0) terma jamoaga chaqirilgan va oʻsha oʻyinda debyut qilgan. U butun 90 daqiqa oʻynadi[12].

U Shveysariya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.

2019-yilning may oyida u 2019-yil UEFA Millatlar ligasida oʻynadi va uning jamoasi 4-oʻrinni egalladi[13].

2021-yilda u 2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati uchun milliy terma jamoaga chaqirildi va u yerda jamoa chorak finalga qadar yetib bordi va turnirning asosiy sensatsiyalaridan birini yaratdi[14].

Shaxsiy hayot tahrir

Akanji Shveysariyaning Wiesendangen shahrida tugʻiladi. Uning onasi shveysariyalik, otasi esa nigeriyalik boʻlgan[15].

Yutuqlar tahrir

Fc Basel

  • Shveysariya Superligasi: 2015-16, 2016-17
  • Shveysariya kubogi: 2016-17[16]

Borussiya Dortmund

  • DFB-Pokal: 2020-21
  • DFL-Superkubogi: 2019

Manbalar tahrir

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Switzerland“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Manuel Akanji: 10 things on Borussia Dortmund's new Swiss international defender“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website.
  3. „Manuel Akanji“. Borussia Dortmund. 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
  4. „Manuel Akanji: 10 things on Borussia Dortmund's new Swiss international defender“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  5. Ein neuer Verteidiger für den FCB: Manuel Akanji kommt vom FC Winterthur (Wayback Machine saytida 2016-01-31 sanasida arxivlangan) TagesWoche dated 15.
  6. Marti. „Es ist vollbracht ! Der FCB ist zum 19. Mal Meister“. FC Basel 1893 (2016). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
  7. Marti. „Der Saisonabschluss im Zeitraffer“. FC Basel 1893 (2017). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
  8. "Wechsel perfekt!
  9. Borussia Dortmund. „BVB verpflichtet Schweizer Nationalspieler Manuel Akanji“. bvb.ch (2018). Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
  10. „Marco Reus stars as breathtaking Borussia Dortmund put seven past Nuremberg“. Bundesliga. Qaraldi: 2018-yil 29-sentyabr.
  11. „Three Borussia Dortmund players who need to improve“ (2019-yil 11-noyabr). 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  12. „Färöer Inseln 0:2 Schweiz“. football.ch. Schweizerischer Fussballverband (2017-yil 9-iyun). Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  13. „Pickford the hero in England shootout win“. BBC Sport.
  14. https://www.uefa.com / uefaeuro-2020 / match / 2024485 — switzerland-vs-spain / lineups /? iv = true
  15. „Manuel Akanji: 10 things on Borussia Dortmund's new Swiss international defender“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr. [sayt ishlamaydi]
  16. „Swiss football: FC Basel wins 3-0 over Sion in Geneva; police extra vigilant after game“. allaboutgeneva.com (2017-yil 25-may). 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.

Havolalar tahrir

Shveysariya futbol ligasi bosh sahifasidagi profil