Manzuma (arab.— tizma) — voqeaband sheʼriy asar yoki sheʼriy maktubni ifodalovchi termin. M. asosan masnaviy shaklida, har bir bayti a-a, b-b, v-v qofiya tartibida yoziladi. Oʻzbek mumtoz adabiyotida sheʼriy hikoyalarga nisbatan ham M. termini ishlatilgan. M.larda kichik syujet va syujet unsurlari buladi. Shoir bironbir kichik voqeaning hikoyaviy sheʼriy ifodasini keltiradi. Turli mavzularga bagʻishlangan va uziga xos uslubiy xususiyatlarga ega. M.lar mavjud: ishqiy, sarguzasht, afsonaviyromantik, tari-xiybiografik, axloqiydidaktik, arzi hol (hasbi hol), tamsil, satirik va hokazo M., ayniqsa, 19-asr oʻzbek shoirlari ijodida yangi bir bosqichga koʻtarildi, anʼanaviy xususiyat kasb etdi. Muqimiyning qator hajviy, Furqatning maʼrifatparvarlik ruhidagi asarlarida (noma-M.lar) bu shaklning imkoniyatlari kengaytirildi. Furqatning "Suvorov haqida" M.si masnaviy shaklidagi 86 baytdan iborat. M.ni nazm libosidagi hikoya, kichik sheʼriy qissa deyish ham mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil