Manzura Salimova Alimovna (1962-yil 21-mayda Fargʻona viloyatida tavallud topgan) – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator[1][2][3], Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi aʼzosi[4] hamda „Fargʻona viloyat ona bola skrining markazi“ning asoschisidir[5].

Manzura Salimova
Tavalludi 1962-yil 21-may
Kasbi Senator
Partiyasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi

Adolat sotsial-demokratik partiyasi Fargʻona viloyati kengashi deputati[6].

Faoliyati

tahrir

Manzura Salimova 1962-yilning 21-may kunida Fargʻona viloyatida dunyoga kelgan, millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy, oliy taʼlim muassasasini „pediatriya ishi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[7]. 2003-yil 21-aprel kuni „Fargʻona viloyat ona bola skrining markazi“ga asos solgan[5]. Senator boʻlishidan oldin va senator etib saylanganidan soʻng ham Salimova oʻzining asosiy eʼtiborini yosh bolalarning sogʻligiga qaratgan. Shu sababdan ham Skrining markazi laboratoriyasi tuzilgan. Bu markaz haqida Manzura Salimova shunday degan:

„Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida onalik va bolalikni muhofaza qilish, tug‘ma nogironlikning oldini olish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, davolash va diagnostika ishlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga e’tibor qaratilgan. Markazda ish boshlagan mintaqalararo sitogenetika laboratoriyasida nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash borasidagi ishlar olib boriladi.“

— Manzura Salimova, [8]

Manzura Salimova 2021-yili maktablarda yangi oʻquv yili boshlangan paytda maktablardagi oʻquv qoʻllanma hamda darsliklarni yetishmaganini tanqid qilgan[9].

Mukofotlari

tahrir

2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning „8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmonga koʻra bir nechta xotin-qizlar bilan birga Manzura Salimova ham „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[10][6].

Manbalar

tahrir