Maria Teresa Mora Iturralde (1902-yil 15-oktyabr — 1980-yil 3-oktyabr) kubalik shaxmat ustasi.[1]

María Teresa Mora Iturralde
Tavalludi 15-oktabr 1902-yil
Vafoti 3-oktabr 1980-yil
Havana, Cuba
Fuqaroligi Kuba

Maria Teresa Gavanada tugʻilgan, u Jose Raul Capablancadan toʻgʻridan-toʻgʻri saboq olgan yagona shaxsdir.[2] Mora shaxmat boʻyicha Kuba chempionatida gʻolib chiqqan birinchi ayol edi (1922-yilda).[3][4]

U ikki marta ayollar oʻrtasidagi jahon chempioni boʻlgan. Shuningdek, maria Buenos-Ayresda 1939-yilda yettinchi/sakkizinchi oʻrinni egallagan (musobaqada Vera Menchik gʻalaba qozongan),[5][6] va Moskva 1949—1950-yillarda 10-11-oʻrinni (Lyudmila Rudenko gʻalaba qozongan) zabt etgan.[7]

Mora 1950-yilda Woman International Master (WIM) (xalqaro ayol usta) unvoni bilan taqdirlangan.[8] U Gavanada tugʻilgan va usha yerda vafot etgan.[8]

Tarixi tahrir

Maria Teresa Mora Iturralde 1902-yil 15-oktyabrda Gavanada tugʻilgan. U 1980-yil 3-oktyabrda Gavanada vafot etdi. Mariya Teresa turli sohalarda bolaligidan vunderkind sifatida tanilgan. Shaxmat ana shunday sohalardan biri edi. U yoshligidanoq otasiga qarshi shaxmat oʻynagan, uning musobaqalarda gʻalaba qozonishi odatiy holga aylanib ulgurgan edi. Bu uning bir necha yil davomida Gavana shaxmat klubi prezidenti boʻlgan Rafael de Pazosning shogirdi boʻlishiga sabab boʻldi va keyinchalik uning oʻyin uslubiga qoyil qolgan Jose Raul Capablanca Mariani shogird sifatida qabul qilishga qaror qildi. Maria Teresa Josening yagona shogirdi boʻlib qoldi. Maria ana shunday yuksak sharafga erishdi. 11 yoshida u Gavana shaxmat klubida oʻzining birinchi turnirida qatnashdi va gʻalaba qozondi, bu uning sportdagi birinchi muvaffaqiyati edi.

1922-yilda Maria Kuba Devars turnirida gʻalaba qozonib, Kuba milliy chempionligini qoʻlga kiritdi. U bu milliy chempionat turniridagi yagona ayol ishtirokchi boʻlgan. 1938-yilda u ayollar milliy unvonini qoʻlga kiritdi hamda 22 yil davomida, to 1960-yilgacha bironta magʻlubiyatsiz nafaqaga chiqdi. Maria Teresa Kuba nomidan 1939-yilda Buenos-Ayresda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ikkita jahon chempionatida qatnashgan, ushbu musobaqada Vera Menchik bilan birga gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1949—1950-yillarda Moskvada boʻlib oʻtgan turnirda ham Lyudmila Rudenko bilan teng tarzda gʻoliblikka erishgan. 1950-yilda u Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Folke Rogard qoʻlidan xalqaro usta unvonini oldi va unga erishgan birinchi Lotin Amerikasi ayoliga aylandi.[9]

Manbalar tahrir

  1. Chessbase: Capablancaʼs student: María Teresa Mora Iturralde
  2. „Emisora Habana Radio“. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2007-yil.
  3. „Ajedrez“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2007-yil.
  4. Cuba -La Jiribilla
  5. Campeonato Mundo femenino Buenos Aires 1939
  6. femminile
  7. World Chess Championship (women) : 1949-50 Title Tournament
  8. 8,0 8,1 Gaige, Jeremy (1987), Chess Personalia, A Biobibliography, McFarland, 289-bet, ISBN 0-7864-2353-6
  9. „GRANDES OLVIDADOS. MARÍA TERESA MORA ITURRALDE“. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.