Marakaybo neft-gaz havzasi — Venesuela shim.-gʻarbi va Kolumbiya shimoli-sharqida hamda Marakaybo koʻli va Venesuela qoʻltigʻida joylashgan dunyoda eng yirik havzalardan biri. Maydoni 90 ming km² ga yaqin, shuning 1/3 qismi suv havzalariga toʻgʻri keladi. Neftni sanoat miqiyosida chiqarib olish 1917-yildan boshlangan. Gaz, asosan, neft tarkibida erigan holda mavjud. Neftning dastlabki aniqlangan zaxirasi 7 mlrd. t atrofida, gazniki 1,7 trln. m3 boʻlgan. Ochilgan konlar orasida eng ulkan guruhi sohildengiz va koʻl zonasiga toʻgʻri keladi. Neftli gorizontlar butun kesma boʻyicha tarqalgan. Neft uyumlari, asosan, 1000 m chuqurlikda miotsen va eotsen yotqiziqlari orasida yotadi, asosan, ogʻir va yopishqoq. Bu havzadan Venesuelada olinayotgan neftning 3/4 qismi olinmoqda. Neft quvurlar orqali bevosita qayta ishlovchi zavodlar va tashqariga chiqarish uchun portlarga joʻnatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil