Marat Zokirov (1939-2020-yil) — ilgʻor oʻqituvchi, Oʻzbekiston Qahramoni (2002).

Tarjimai holiTahrirlash

Marat Zokirov 1939 yil 21 martda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tugʼilgan. Samarqand davlat universitetining fizika-matematika fakulteti (1961), Samarqand qishloq xoʻjalik institutining agronomiya fakultetini (1981, sirtdan) tugatgan. 1961-yildan Jizzax tumanidagi 16-maktabda fizika oʻqituvchisi, 1976—1984 yillarda Paxtakor tumanidagi “Navbahor” xo'jaligida partiya tashkilotining kotibi sifatida ishlagan. 1984-yildan Jizzax tumanidagi 36-maktab, 1995-yil sentabrdan Jizzax pedagogika instituti qoshidagi iqtidorli bolalar litseyi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan[1].

Мarat Zokirov Respublika taʼlim markazi bilan hamkorlikda "Sogʻlom avlod — millat koʻrki", "Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!", "Oʻzligini anglagan xalq" kabi qoʻllanmalar, "Maʼrifiy saboqlar", "Umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchilarning boʻsh vaqtini taʼminlash" kitoblari muallifi.[2]

ManbalarTahrirlash

  1. Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi [Izomaterial]:kitob-albom/ Xalq ta`limi vazirligi-Toshkent:2021.-256 b.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil