Marathalar, marathlar — Hindistonda yashaydigan xalqlardan biri, Maharashtra shtati aholisining asosiy qismini tashkil etadi. M.ning kichik guruhlari qoʻshni shtatlarda ham istiqomat qiladi. Umumiy soni 74 mln. kishini tashkil etadi (2001). Marathi tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, hinduizmga eʼtiqod qiladi, musulmonlar (asosan, shialar), buddaviylar va katoliklar ham bor. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik; koʻp Tapmokli kustar hunarmandchilik va qadimdan dengiz savdosi rivojlangan. 15-asrda rus sayyohi Afanasiy Nikitin M.ning urfodatlari, turmushi haqida batafsil maʼlumot qoldirgan. M. Hindistonning eng shakllangan millatlaridan biri boʻlib, til jihatdan hindevropa tillari guruhiga kiradi. 18-asr oʻrtalariga kelib jangovar M.ning qudratli davlati shim.da Hind vodiysigacha, jan.da Tanjurgacha va sharqda Bengaliyagacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olgan. Lekin 18-asrning 2-yarmida bo-buriylar sulolasiga mansub sultonlar bilan boʻlgan janglarda ancha kuchsizlangan. Keyinchalik Buyuk Britaniya istilochilariga karshi olib borgan qattiq kurashlarda magʻlubiyatga uchrab, 19-asr boshlarida butunlay mustamlakachilarga boʻysundirilgan. Hindiston mustaqillikka erishgach (1947), Maharashtra milliy shtati tuzilgan (1960). M. oʻzlarining boy milliy adabiyoti va sanʼati bilan faxrlanadilar. Ajanta va Ellora gorlarida bunyod etilgan sangtaroshlik namunalari butun dunyoga mashhur. M. orasidan milliy ozodlik harakatining tanikli vakillari yetishib chiqqan. Ilgʻor fikrlovchi M. hind jamiyatidagi konservativ kastachilik tizimini oʻzgartirish lozimligini talab qilmoqdalar. Bu ortodoksal hindularning qarshiligiga sabab boʻlmoqda. Ad.: Narodi Yujnoy Azii, M., 1963.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil