Marazm

odam ruhiy faoliyatining zaiflashib ketishi

Marazm (yun. marasmos — darmonsizlik, soʻnish) — odam ruhiy faoliyatining zaiflashib ketishi; shaxsning tubanlashuvi bilan oʻtadi. Akli zaiflikning eng ogʻir koʻrinishlaridan biri. Bosh miya poʻstlogʻi atrofiyasi sabab boʻladi. Umumiy darmonsizlik, bora-bora barcha hayotiy jarayonlarning soʻnishi bilan kechadi. Bunda bemor atrof muhitdan butunlay ajralib, oʻzini eplay olmay, notavon boʻlib qoladi. Isteʼmol qilib boʻladigan narsani yeb boʻlmaydigan narsadan farqlay olmaydi; ovqatlanish va jinsiy xirs saqlanib qoladi. Jismoniy zaiflashib, oʻrnida yotaveradi, yotoq yaralar, ichki aʼzolarda distrofik oʻzgarishlar roʻy beradi. Sababsiz yiglaydi yoki kuladi. Keksalikdagi esi pastlikning soʻnggi bosqichida, rivojlanuvchi falajla va markaziy nerv sistemasinnng baʼzi kasalliklarida uchraydi. Bemor yillab oʻrnidan turolmay yotib qoladi, shuning uchun uni sabrtoqat bilan parvarish qilish lozim (qarang Bemorni parvarish qilish).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil