Marc Jurado
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marc Jurado Gómez[1]
Tavallud sanasi 13-aprel 2004-yil (2004-04-13) (20 yosh)
Tavallud joyi Sabadell, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya [2]
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Oʻng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Manchester United
Raqami 63
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Yillar Jamoa
2008-2011 Can Rull
2011-2020 Barcelona
2020- Manchester United
Milliy terma jamoa
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022 Spain U19 1 (0)
2022- Spain U20 2 (0)

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 23-noyabr uchun)

Marc Jurado Gómez (2004-yil, 13-aprelda tugʻilgan) — ispaniyalik futbolchi, Premyer-liganing "Manchester United" klubida oʻng qanot himoyachisi[3].

Yoshligi tahrir

Kataloniyaning Sabadell shahrida tugʻilgan Jurado oʻz faoliyatini toʻrt yoshida mahalliy „Can Rull“ jamoasida boshlagan. U gol urish qobiliyati orqali "Barcelona" skautining eʼtiboriga tushgan. Biroq, Jurado darvozabon sifatida oʻynash uchun gandbolga oʻtishni, shuningdek, doʻstlari bilan birga boʻlish uchun Can Rull klubi safida qolishni xohladi va „Barcelona“ klubi safidagi afzalliglarni rad etdi[4].

Klubdagi faoliyati tahrir

Faoliyatining ilk yillari tahrir

Taklifga boshida rad javobini bergan Jurado Can Rull klubidagi uch yillik faoliyatini yakunladi va 2011-yilda „Barcelona“ning yoshlar akademiyasiga qoʻshildi[5][6]. „Barcelona“ klubidagi faoliyatining ilk yillarida ispan klubi safida Viladecans klubiga qarshi oʻyinning 5 soniyada gol urib, eng tezkor gollardan biriga mualliflik qildi[7].

  Manchester United tahrir

2020-yilning may oyida Jurado Angliya Premyer-ligasi klubi "Manchester United" bilan munosabatlari mustahkamlandi va „Barcelona“ bilan shartnomani uzaytirish taklifini rad etdi[8]. U iyun oyi oxirida Kataloniya klubini tark etishini eʼlon qildi va bu uning „qizil iblislar“ga oʻtishi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi[9][10]. Oxir-oqibat, hujjatlarni rasmiylashtirishdagi kechikishdan soʻng, shartnoma imzolandi va Jurado 2020-yil sentyabr oyida „Manchester United“ futbolchisi sifatida eʼlon qilindi[11][12].

U „United“ bilan birinchi professional shartnomasini 2021-yilning aprelida imzolagan[13][14].

Xalqaro faoliyati tahrir

Jurado 2021-yilning 25-may kuni Ispaniyaning 17 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasiga may oyidagi mashg‘ulotlarga chaqirilgan edi[15][16]. Jurado 2022-yilning 15-fevralida Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga Ispaniyaning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan[17].

U 2022-yilda Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi safida debyut qilgan va oʻsha yili Ispaniyaning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi safiga chaqirilgan[18].

Oʻyin uslubi tahrir

Tabiiy oʻng qanot himoyachisi, oʻzining oʻyinni yaxshi his qilish qobilyati, pozitsion hissi va tezligi bilan ajralib turadigan Jurado, shuningdek, oʻng qanotda qanot hujumchisi sifatida ham harakat qila oladi[19].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil, 22-noyabr holatiga ko'ra[20]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Manchester United U21 2021-22[21] 1 0 1 0
2022-23[22] 4 0 4 0
Jami 5 0 5 0
Karyera jami 0 0 0 0 0 0 0 0 5 0 5 0

Manbalar tahrir

  1. „Premier League clubs publish 2020/21 retained lists“. premierleague.com (2021-yil 4-iyun). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  2. Marc Jurado WorldFootball.net saytida
  3. „Marc Jurado“. ManUtd.com. Manchester United. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  4. Rogé. „Marc Jurado, el niño de Can Rull“ (Spanish). sport.es (2018-yil 15-aprel). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  5. Rogé. „Marc Jurado, el niño de Can Rull“ (Spanish). sport.es (2018-yil 15-aprel). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar. Rogé, Albert (15 April 2018).
  6. „What you need to know about Marc Jurado, the Barca kid set for Man Utd“. planetfootball.com (2020-yil 22-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar. (subscription required)
  7. „Marc Jurado, del Benjamín C del Barça marca un gol en 5 segundos“ (Spanish). mundodeportivo.com (2013-yil 27-mart). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  8. Rogé. „Manchester United sign Barca cadet Marc Jurado“. sport.es (2020-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  9. Booth. „Barcelona youngster Marc Jurado confirms exit ahead of Manchester United move“. manchestereveningnews.co.uk (2020-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  10. Booth. „Who is Marc Jurado? Manchester United academy signing in profile“. manchestereveningnews.co.uk (2020-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  11. Duncker. „Man Utd set to finalise signing of Barcelona wonderkid Marc Jurado“. goal.com (2020-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  12. „Academy confirms three overseas arrivals“. ManUtd.com. Manchester United (2020-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  13. Fay. „Marc Jurado signs first professional Manchester United contract“. manchestereveningnews.co.uk (2021-yil 27-aprel). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  14. „Marc Jurado firma su primer contrato profesional con el United“ (Spanish). mundodeportivo.com (2021-yil 27-aprel). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  15. „Convocatoria de la Selección española Sub-17 para los entrenamientos de Marbella“. Sefutbol (2021-yil 25-may). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.
  16. „Young Reds receive summer call-ups“. ManUtd.com. Manchester United (2021-yil 25-may). Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.
  17. „Pablo Amo da a conocer la convocatoria para el amistoso ante Dinamarca“. Sefutbol.com. Real Federación Española de Fútbol (2022-yil 15-fevral). 2022-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.
  18. Marc Jurado at WorldFootball.net
  19. Hayward. „Who is Marc Jurado? New Man United transfer who Barcelona were desperate to keep“. standard.co.uk (2020-yil 28-avgust). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  20. Marc Jurado Soccerway saytida. Qaralgan sana: 18 October 2022.
  21. „Games played by Marc Jurado in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.
  22. „Games played by Marc Jurado in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.