Mardoniy

fors sarkardasi, Doro I ning kuyovi

Mardoniy (qad. forscha — Marduniya) — fors sarkardasi, Doro I ning kuyovi. Yunon-fors urushlariyaa forslar qoʻshini qoʻmondoni. Miloddan avvalgi 492 yil M. boshchiligidagi axomaniylar armiyasi va floti Jan. Frakiya, Makedoniya va Tasos o.ni qayta boʻysundirgan. Kserks I ning miloddan avvalgi 480 yildagi harbiy yurishida qatnashgan; Salamin jangidan soʻng Kserks chekingach, qoʻshinning bir qismi bilan Yunonistonda qolgan. 479 yil Afinani talontaroj qilgan, Plateya jangida magʻlubi-yatga uchragan va oʻldirilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil