Marfuʼ hadis
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Marfuʼ hadis (arabcha: الْمَرْفُوعُ)— Marfuʼ lugʻatda „koʻtarilgan“ degan maʼnoni anglatadi.
Sanadi Rasulullohga etkazilgan (taalluqli ekani bilingan) hadis „marfuʼ hadis“ deyiladi. Chunki bunday hadis baland martabada boʻlgan Nabiyga nisbat berilgan.
Marfuʼ hadisga allomalar turlicha taʼrif berishgan:
• "Taysiru mustalahil hadis" kitobida quyidagicha taʼrif berilgan: Nabiyga tegishli qilingan (sanadi uzluksiz Rasulullohga etkazilgan) soʻz yoki ish yoki taqrir (Tasdiklash yoki inkor qilmaslik) yoki sifat — marfuʼ deb ataladi[1].
• Xotib uning mursal boʻlishini rad etgan va: "Marfuʼ — sahobaning Rasulullohdan xabar bergan narsasidir", degan[2].
Marfuʼ hadis toʻrt turli boʻladi:
1. Qavliy marfuʼ — Roviy (sahoba yoki boshqasi) „Rasululloh bunday dedilar“, deb aytishi.
2. Feʼliy marfuʼ — Roviy (sahoba yoki boshqasi) „Rasululloh bunday bajardilar“, deb aytishi.
3. Taqririy marfuʼ — Roviy (sahoba yoki boshqasi) „Nabiy huzurda bunday qilindi va Nabiy inkor qilmadilar“, deb aytishi.
4. Vasfiy marfuʼ — Roviy (sahoba yoki boshqasi) Rasululloh sifatlarini bayon kilishi[3].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |