Marfua Saidumarovna Toʻxtaxoʻjayeva (1944-yil, Toshkent, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR) – oʻzbekistonlik mustaqil jurnalist va tadqiqotchi, ayollar huquqi himoyachisi[1]. Toshkentdagi Xotin-qizlar zaxira markazi asoschisi va rahbari.

Marfua Toʻxtaxoʻjayeva
Tavalludi 1944-yil
Toshkent
Fuqaroligi oʻzbek
Kasbi jurnalist, arxitektor

Biografiyasi

tahrir

Marfua Saidumarovna Toʻxtaxoʻjayeva 1944-yilda Toshkentda muhandis oilasida tugʻilgan[1][2]. Otasi Saidumar Toʻxtaxoʻjayev, onasi Maqsudaxon Toʻxtaxoʻjayeva. 1961-yilda Toshkentdagi 43-maktabni, 1967-yilda Toshkent Politexnika institutini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha meʼmor, fan nomzodi. 30 yil davomida meʼmorchilik sohasida faoliyat yuritgan[2]. Marfua Toʻxtaxoʻjayeva 1991-yilda mamlakatda birinchi marotaba Toshkent Xotin-qizlar zaxira markaziga asos solgan[2]. 2005-yilgacha shu markazga rahbarlik qilgan[3][1]. Toʻxtaxoʻjayeva 1996−2001-yillarda Toshkentdagi „Voice of America“ („Amerika ovozi“) radiostansiyasida muxbir boʻlib ishlagan[2].

Faoliyati

tahrir

Marfua Toʻxtaxoʻjayeva 1991-yilda Oʻzbekistondagi birinchi Ayollar resurs markazini ochdi. 2005-yilning may oyida Andijonda fojiali voqealar yuz berdi va rasmiy hukumat xalqaro hamjamiyatning tanqidiga uchradi. Shundan soʻng, koʻplab nodavlat tashkilotlar yopila boshladi. Jarayon ayollar markaziga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Ayollar markazi 2005-yil yozining oxirida rasmiylar bosimi ostida yopildi[3].

Kitoblari

tahrir

Marfua Toʻxtaxoʻjayeva kitoblari ayollar huquqiga bagʻishlangan boʻlib, asosat oʻzbek va rus tillarida chop etilgan, ayrimlari esa ingliz tiliga tarjima qilingan. 1995-yilda „Kommunizm shiorlari va islom qonunlari orasida“ kitobi ingliz tilida, 2000-yilda esa bu kitob „Между лозунгами коммунизма и законами ислама“ nomi bilan rus tilida nashr etilgan. 1996-yilda Elmira Turgʻunbekova bilan birgalikda yozilgan „Amazonka qizlari. Markaziy Osiyodan kelayotgan sado“ („The Daughters of Amazons. Voices from Central Asia“) kitobi chop etilgan.

Moskvadagi “Natalis” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan o‘n besh nafar ayolning hayoti va taqdiri haqida hikoya qiluvchi og‘zaki hikoyalari, maktublari va kundalik yozuvlaridan to‘plangan “XX asr O‘zbekiston ayollari nigohi bilan (ruscha: XX век глазами женщин Узбекистана)” kitobi chop etildi. Ularning xotiralari 80 yildan ortiqroq bo'lgan davrni, jumladan, inqilobdan keyingi birinchi yillardan to hozirgi kungacha bo'lgan yillarni qamrab oladi. Mazkur kitobga Marfua To'xtaxo'jayevaning hikoyalari ham kiritilgan[4].

Mukofotlari

tahrir

2003-yilda Toshkentdagi xalqaro tashkilotlar tomonidan “O‘zbekistonda yil ayoli” mukofoti bilan taqdirlangan[4].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir