Marganet birikmalari - Marganetsning umumiy formulasi MpX2 boʻlgan (ftor bilan MpGʻ3 va MpGʻ4 ham) digallogenidlari maʼlum. Ular kristall moddalar boʻlib, suvda yaxshi eriydi (MpGʻ2 bundan mustasno). MpVg2 ning suyuqlanish temperaturasi 698°, Mnl2 niki 638°. Merganets(P)-ftorid, MnF2 — och pushti rangli, tetragonal panjarali kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 900°, zichligi 3,92 g/sm3.

Marganets(P)-xlorid, MpS12 — pushti rangli, trigonal panjarali kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 650°, zichligi 2,977 g/sm3. Organik sintezda katalizator sifatida, analitikkimyoda S2O ^" va 10 4 ionlarini ochishda, tetragidrati MpS19-4N2O esa pushti rangli boʻyagichlar olishda qoʻllanadi. Marganets (II) - nitrat, Mn(NO3)2— och pushti rangli, kubik panjarali kristall modda. 180°dan yuqorida marganets oksidlarigacha parchalanadi. Suvli eritmalaridan mo-no-, di-, tetra- va geksagidratlar holida kristallanadi. Mn(NO3)2-6H2O— pushti rangli kristall modda. Oʻta sof MpO2 olishda, oksid katalizator sifatida, pushti rangli boʻyagichlar tayyorlashda va sikkativ oʻrnida qoʻllanadi.

Marganets (II) - sulfat, MnSO4 — rangsiz rombik panjarali kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 700°, zichligi 3,25 g/sm3. 850° atrofida Mn3O4, SO3 va SO2 ga ajraladi. Uning 1, 2, 4, 5 va 7 molekulali kristallogidratlari maʼlum. Toʻqimachilik sanoatida boʻyagichlar komponenti, organik sintezda katalizator, qishloq xoʻjaligida mikrooʻgʻit sifatida ishlatiladi.

Marganets (III) — sulfat Mn2(SO4)3 — yashil rangli amorf yoki kristall modda; beqaror, 160° da parchal anadi. Marganetsning 2 ta sulfidi bor: Marganets disulfid, MnS2 — jigarrang, kubik panjarali kristall modda, zichligi 3,463 g/sm3. Odatdagi sharo-itda barqaror, qizdirilganda MnS bilan oltingugurtga ajraladi. Marganets sulfid, MnS — kulrang yoki yashil, kubik panjarali kristall modda, zichligi 4,0 g/sm3.

Marganets birikmalari oʻta sof MpO2 olishda, analitik kimyoda, organik sintezda, matolarni boʻyashda, keramik boʻyagichlar olishda va qishloq xoʻjaligida mikrooʻgʻit sifatida qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil