Margaret Gibson (yozuvchi)
Margaret Gibson (1948-yil 4-iyun – 2006-yil 25-fevral) Kanadalik yozuvchi, mashhur qissa va romanlar muallifi, Ontario shtatining Toronto shahrida yashab oʻtgan.
Margaret Gibson | |
---|---|
Tavalludi |
4-iyun 1948-yil Canada |
Vafoti |
25-fevral 2006-yil (57 yoshda) Toronto, Ontario, Canada |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | Kanada |
Hayoti
tahrirMargaret Gibson Torontoning Scarbrough qishlogʻida tugʻilib oʻsgan. Ota-onasi Odri va Deyn Gibson boʻlib, Margaret Gibson oilada oʻrtancha farzand. Uning ilk faoliyati 1970-yillarda boshlangan. Shu yili oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda ruhiy kasallik bilan kurash mavzusida asar yozishga kirishgan[1].
Gibson 1970-yillarning boshida Stuart Gilboord bilan turmush qurgan va oʻgʻil farzandli boʻlgan. Bolaning ismi Aaron edi. Gilboord bilan ajrashgandan soʻng, Gibson oʻzining uzoq yillik doʻsti boʻlgan aktyor va qoʻshiqchi Kreyg Rassell bilan birga yashagan.
Keyinchalik u ikkinchi marta Yuris Rasa bilan turmush qurgan[1]. Gibson 2006-yilda 57 yoshida koʻkrak bezi saratonidan vafot etgan[2].
Ijodiy faoliyati
tahrirGibsonning ilk hikoyalar toʻplami „The Butterfly Ward“ [3] nomi bilan 1976-yilda nashr etilgan. Hayotiy tajribasiga asoslanib yozilgan asari „Making It“ hikoyasi asosida „Outregous“ badiiy filmi yaratilgan. Film rejissyori Richard Benner[4].
Gibsonning ilk hikoyalar toʻplamidagi yana bir hikoya boʻlgan „Ada“ CBC televideniyesi rejissyori Klod Jutra tomonidan sahnalashtirildi[5]. Bu muallifning ilk asaridagi muvafaqqiyatlari edi. Shu jumladan, „Ada“ filmi rejissyor Jutraning ham ingliz tilidagi birinchi filmi edi. „Butterfly Ward“ asari 1977-yilda Margaret Atwoodning "Lady Oracle" romani bilan bir qatorda Toronto shahrida Book Award mukofoti sovrindori boʻlgan[6]. Gibson boshqa hikoyalar toʻplamlari bilan ham mashhur. Muallifning „Considering Her Condition“(1978)[7], „Sweet Poison“(1993) [8] va „The Fear Room and Other Stories“ (1996) kabi toʻplamlari bor[9].
Uning ilk romani „Opium Dreams“ asari 1997-yilda nashr etilgan[9]. Roman Kanadadagi „Books in Canada First Novel Award“ mukofoti gʻolibi boʻlgan[10]. Gibsonning „Desert Thirst“ nomli soʻnggi hikoyalar toʻplami 1998-yilda yozilgan[11].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 "Demons drove gifted writer’s career; Toronto author Margaret Gibson, 57 Burst on scene with The Butterfly Ward". Toronto Star, April 10, 2006.
- ↑ "MARGARET GIBSON, WRITER: 1948–2006". The Globe and Mail, March 15, 2006.
- ↑ „The Butterfly Ward by Margaret Gibson“. Kirkus Reviews, March 3, 1980.
- ↑ "Richard Benner picks his own labels". The Globe and Mail, June 18, 1979.
- ↑ "Jutra brings warmth, humanity to mental hospital drama". The Globe and Mail, February 5, 1977.
- ↑ "Archeologist, nurse, hockey player among winners of merit awards". The Globe and Mail, March 5, 1977.
- ↑ "Gibsonʼs territory is out beyond the jagged edges of life a step away from the abyss where reality and fantasy are indistinguishable". The Globe and Mail, September 30, 1978.
- ↑ "Haunting stories reflect writer’s own mental illness". Ottawa Citizen, November 6, 1993.
- ↑ 9,0 9,1 Jane Urquhart, „Brilliant fictions for the stout-hearted: Margaret Gibsonʼs joyous and celebratory love of children and animals shines through the darker, more excruciating regions of her luminous first novel“. The Globe and Mail, April 26, 1997.
- ↑ "Opium Dreams wins award". Ottawa Citizen, April 25, 1998.
- ↑ "A pitiless, ruthless story collection". Edmonton Journal, July 5, 1998.