María Angelita Ressa (inglizcha Maria Angelita Ressa, 1963-yil 2-oktyabrda Manilada tugʻilgan[1]) — filippin-amerikalik jurnalist va yozuvchi, Rappler Internet yangiliklar saytining asoschilaridan biri va bosh direktori. Filippinlik birinchi Nobel mukofoti sovrindori[2].2018-yilda Times jurnalining Yil odami roʻyhatiga kiritilgan. Ressa Chegara bilmas muxbirlar komissiyasining axborot va demokratiya boʻyicha 25 ta yetakchi shaxslaridan biri.[3] U Dmitriy Muratov bilan birga demokratiya va mustahkam tinchlikning zarur sharti boʻlgan soʻz erkinligini himoya qilishdagi sa’y-harakatlari uchun 2021-yilgi tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

Maria Ressa
Tavalludi
María Angelita Delfín Aycardo

12-sentyabr 1958-yil (1958-09-12) (65 yosh)
Filippin Filippin Manila,
Fuqaroligi

Filippin Filippin

Qoʻshma Shtatlar AQSH
Taʼlimi

Qoʻshma Shtatlar Princeton Universiteti (AB)

FilippinFilippin Diliman Universiteti
Kasbi Jurnalist Yozuvchi
Mukofotlari
  • Ozodlikning oltin qalami (eng.Golden Pen of Freedom Award)) (2018-yil)
  • YUNESKO/Guillermo Cano Jahon matbuot erkinligi mukofoti ((eng.UNESCO/Guillermo Cano World Press Freedom Prize)) (2021yil)
  • Tinchlik uchun Nobel mukofoti (eng.Nobel Peace Prize) (2021-yil)
Veb-sayti Rasmiy veb sayt

Hayoti tahrir

Bolaligi tahrir

Ressa 1963-yilda Manilada tugʻilgan. Ressaning otasi u bir yoshga toʻlganda vafot etadi. Keyin onasi Ressa va singlisini otasining oilasi bilan qoldirib, Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtdi, lekin tez-tez farzandlarining oldiga kelib turardi. Keyinchalik uning onasi italyan-amerikalikka turmushga chiqdi va Filippinga qaytib keldi. U ikkala farzandini ham oʻzi bilan birga AQShga olib ketdi bu paytda Ressa oʻn yoshga toʻlgan edi. Ressaga oʻgay otasi oʻz familiyasini ber va endi u Maria Anjelita Ressaga aylandi. Uning ota-onasi Nyu-Jersi shtatidagi Toms Riverga koʻchib oʻtishadi. Ressa u yerda uyi yaqinidagi Toms River North High School davlat maktabiga qatnay boshlaydi.

Ressa Prinston universitetida bakalavriat talabasi boʻlib, uni Arts Bachelor bilan yakunlagan. U «Sagittarius» nomli 77 sahifalik dissertatsiyasini himoya qilgan[4][5].

Karyerasi tahrir

Maria Angelita 1986-yilda sariq inqilobdan keyin vataniga qaytib keldi va televideniyeda ishlay boshladi. U 1987-yildan 1995-yilgacha Maniladagi CNN byurosi rahbari va 1995-yildan 2005-yilgacha CNNning Jakartadagi byurosi boshligʻi boʻlgan. 2005-yildan beri u Filippinning ABS-CBN[6] teleradiokompaniyasining yangiliklar xizmati rahbari, 2011-yilda esa Rappler Internet yangiliklar saytini yaratdi va unga rahbarlik qilmoqda[2][7][8].

 
Ressa Filippinning sobiq prezidentidan intervyu olmoqda 7-Iyul , 2016-yil

Filippin hukumati bilan ziddiyatlar tahrir

2020-yilda Ressa Filippinning kiberjinoyatlarga oid munozarali qonuni[9][10] boʻyicha internetda tuhmat qilganlik uchun[11][12] hukm qilingan. Maria Ressaning taʼqib qilinishi inson huquqlari tashkilotari va jurnalistlar tomonidan matbuot erkinligiga hujum sifatida qoralangan[13][14][15].

2019-yil 13-fevralda Ressa Rappler tarmogʻida 2012-yilda tadbirkor Vilfredo Keng oʻz mashinasini mamlakat Oliy sudi raisi Renato Koronaga qarzga bergani haqidagi yolgʻon xabarni e’lon qilganlikda ayblanib hibsga olingan. Ertasi kuni u garov evaziga ozod qilindi. 2020-yil 15-iyun kuni Manila sudi uni tuhmat qilishda aybdor deb topdi. Ressa Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening doimiy tanqidchisi boʻlganligi sababli, uning hibsga olinishi va sudlanganligi koʻpchilik muxolifat va xalqaro hamjamiyat tomonidan siyosiy motivli harakat sifatida koʻrilgan[12][16][17][18].

Kitoblar tahrir

Ressa Janubi-Sharqiy Osiyoda terrorizmning kuchayishiga oid ikkita kitob muallifi — An Eyewitness Account of Al-Qaedaʼs Newest Center (2003)[19] va From Bin Laden to Facebook: 10 Days of Abduction, 10 Years of Terrorism (2013)[20].

Taʼlim berish tahrir

Ressa Prinston universiteti uchun Janubi-Sharqiy Osiyoda siyosat va matbuot boʻyicha kurslarni oʻqitgan va Filippin Diliman universiteti uchun jurnalistika fanidan dars bergan[21].

Rappler tahrir

Ressa 2012-yilda boshqa uchta ayol asoschi 12 nafar jurnalist va dasturchilardan iborat kichik jamoa bilan birga Rappler onlayn yangiliklar saytini yaratdi. U dastlab 2011-yil avgust oyida MovePH nomli Facebook sahifasi sifatida oʻz faoliyatini boshladi[22], 2012-yil 1-yanvarda toʻliq veb-saytga aylandi[23]. Sayt Filippindagi birinchi multimedia yangiliklar veb-saytlaridan biriga hamda Filippindagi yirik yangiliklar portaliga aylandi koʻplab mahalliy va xalqaro mukofotlarga sazovor boʻldi. U yangiliklar veb-saytining ijrochi muharriri va bosh ijrochi direktori boʻlib ishlaydi[24].

Haqiqiy kontentni nazorat qilish kengashi tahrir

2020-yil 25-sentyabrda Ressa Facebook kontentini moderatsiya qilish siyosati va fuqarolik hayotidagi roli haqida jamoatchilik fikrini bildirish uchun tashkil etilgan mustaqil kuzatuvchi guruhi boʻlgan “Haqiqiy Facebook Kuzatuv kengashining 25 nafar aʼzolaridan biriga aylandai[25].

Huquqiy masalalar tahrir

Ressa birinchi marta Filippinning 16-prezidenti Rodrigo Duterte bilan 1980-yillarda Davao meri boʻlganida suhbatlashgan. Ressa 2015-yilda prezidentlik kompaniyasi chogʻida Dutertedan yana bir bor intervyu oldi, Duterte Davaoda mer boʻlganida uch kishini oʻldirganini tan oldi[26] http://www.rappler.com/nation/politics/elections/2016/110679-duterte-contradictions-dictatorship. Rappler Dutertening siyosatini, ayniqsa, giyohvand moddalarga qarshi kurash siyosatini doimiy ravishda tanqid qilib, Duterte roziligi bilan politsiya tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar haqidagi voqealarni aytib berdi. Ressa boshqaradigan veb-sayt, Duterte tarafdori boʻlgan onlayn troll armiyasi haqida yozgan, Rappler jurnalistining maqolasiga koʻra maqolasiga koʻra, Dutartening trollar armiyasi soxta yangiliklar tarqatgan va uning prezidentligi haqidagi hikoyani boʻrttirgan[24].

2017-yil iyul oyida Duterte Ittifoqning holati haqidagi nutqida Rappler toʻliq amerikaliklarga tegishli shuning uchun konstitutsiyani buzganini e’lon qildi. U, shuningdek, Rappler yangiliklari nafaqat soxta, balki ularning filippinlik ekanligi ham soxta, deya taʼkidlagan. Keyinchalik, 2017-yil avgust oyida Filippin Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi (SEC) Rapplerga nisbatan tergov boshladi va uning hujjatlarida tintuv amalga oshirdi. 2018-yil yanvar oyida u Rapplerning biznes litsenziyasini bekor qildi[27]. Ish apellyatsiya sudiga yuborildi va u yerdan asossizligi uchun SECning qarori bekor qilindi[24][28]. Duterte 2018-yilda Rappler muxbiri bilan suhbatda shunday degan edi: Agar siz bizga axlat tashlamoqchi boʻlsangiz, biz buni tushunishimiz mumkin. lekin — sizchi? Siz ham tozamisiz?" Dutarte boshchiligidagi hukumat saytni boshqarish litsenziyasini olib tashladi[26].

Qoʻlga olish va sud tahrir

2018-yilning 22-yanvarida Rodrigo Duterte ma’muriyati Ressaning tanqidni jazolash uchun foydalangan 2012-yildagi Kiberjinoyatlarning oldini olish toʻgʻrisidagi qonunga binoan internetda tuhmat qilish yuzasidan shikoyat arizasini bajarish uchun Filippin Milliy Tergov Byurosi (NBI) huzuriga prezident va uning ittifoqchilari chiqishdi[29][30][31][32][33]. Sudga chaqiruv qogʻozi 10-yanvar kuni Resse, sobiq Rappler muxbiri Reynaldo Santos va biznesmen Benjamin Bitanlarga kelgan edi. Chaqiruv varaqasi 2017-yil oktyabr oyida Rappler sahifasida eʼlon qilingan Filippin-Xitoy fuqarosi Vilfredo Keng tomonidan oʻzining avtomobilini marhum sudya Renato Koronaga korrupsion yordam sifatida taqdim etgani haqidagi maqolani e’lon qilganidan keyin topshirilgan. Maqola 2012-yilda Benigno Aquino III tomonidan kibertuhmatni jinoiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun imzolanishidan oldin yozilgan boʻlsa-da, Adliya departamenti uni 2014-yilda tipografik xato tuzatilganidan keyin qayta nashr etilgan deb hisobladi[15][34].

2018-yil noyabr oyida Filippin hukumati Ressa va uning Rappler Holdings korporatsiyasini soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va soliq deklaratsiyasini taqdim etmaslikda aybdor deb e’lon qildi[35]. Ayblov Omidyar Network kompaniyasining 2015-yilda Rappler kompaniyasiga kiritgan sarmoyasiga taalluqlidir[36]. Ressa qonunbuzarlikni rad etib[37], avvaliga chet el pullari uning menejerlariga hadya qilingani, keyin esa sarmoyalar qimmatli qogʻozlar koʻrinishida boʻlganini taʼkidlashgan[38]. Rappler har qanday qonunbuzarlikni rad etib bayonot berdi. Filippin Ichki daromad xizmati Ressaning tushuntirishini oʻrganib chiqqandan soʻng, Rapplerning qimmatli qogʻozlardan olgan kapital daromadlarini soliqqa tortish boʻyich qaror qildi. Unda Rappler 133 million funt sterling soliq toʻlashdan boʻyin tovlagan, degan xulosaga kelingan edi.

2019-yil 13-fevralda Manila viloyat birinchi instantsiya sudi 46-boʻlimining filippinlik sudyasi Reineld Estacio-Montesa Ressani Rapplerda chop etilgan maqolasi uchun kiber tuhmat boʻyicha hibsga olish uchun order berdi. Filippin Milliy Tergov Byurosi mansabdor shaxslari kiber tuhmat boʻyicha ushbu order yuklatgan vazifani bajarishdi. Kiber tuhmat toʻgʻrisidagi qonun maqola dastlab chop etilganidan keyin qabul qilingan, shuning uchun ayblov matnidagi xatoni tuzatish qayta nashr qilish deb hisoblanishi mumkin boʻlgan texnik xususiyatga asoslangan edi. Hibsga olinish jarayonini koʻplab yuqori martabali Rappler muxbirlari Facebook’da jonli efirga uzatishdi.

 
Ressa o'zining sud ishida bepul yuridik yordam ko'rsatgan advokat bilan birga

Vaqt cheklovlari tufayli Ressa oʻzining 60,000 peso (1,150 AQSh dollari) miqdoridagi garov pulini toʻlab bera olmadi, bu uning hibsga olinishiga va NBI binosining (ushlash) majlislar zalidan toʻgʻri qamoqqa olib ketilishiga olib keldi. Hammasi boʻlib, uning ishiga olti nafar advokat jalb qilingan, ulardan ikkitasi mutlaqo bepul ishlashgan[39]. 2019-yil 14-fevralda Ressa Manila shahri sudyasi Mariya Tereza Abadilla boshqargan sud jarayonida 100 ming peso (1900 dollar) garov evaziga ozod qilindi.

Ressaning hibsga olinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan tanqid qilindi. Ressa prezident Rodrigo Dutertening ashaddiy tanqidchisi boʻlgani uchun koʻpchilik hibsga olinishini siyosiy sabablarga bogʻladi. Bundan farqli oʻlaroq, Malakanang saroyi rasmiysi hukumatning hibsga olinishiga aloqadorligini rad etib, Ressaga qarshi daʼvo xususiy shaxs, daʼvogar Vilfredo Keng tomonidan qoʻzgʻatilganini taʼkidlab oʻtgan edi[40].

AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt Barcha demokratik davlatlar tomonidan Ressaning hibsga olinishi qoralanishi kerak degan xulosaga keldi. Xuddi shunday, Filippin Jurnalistlar milliy uyushmasi ham buni bezori hukumatning oʻrinsiz taʼqibi deb atadi.

Ressa 2020-yil 15-iyunda aybdor deb topildi[12]. Sudya Reineld Estasio-Montesa oʻz qarorida Rappler eʼtirozli maqoladagi turli jinoyat daʼvolarini tasdiqlovchi zarracha dalil keltirmadi deb taʼkidladi. Ular shunchaki oʻzlarining onlayn nashrlarida yolgʻon yoki haqiatligini tagiga yetmay xech oʻylamasdan yangilik sifatida eʼlon qilishdi[41]. Sudya Reineld Estasio-Montes ham Nelson Mandeladan iqtibos keltirdi: Ozod boʻlish shunchaki oʻz zanjirlaringizni tashlash emas, balki boshqalarning erkinligini hurmat qiladigan va mustahkamlaydigan tarzda yashashdir. Kolumbiya universiteti qoshidagi Barqaror tergov hisobotlari markazi direktori Sheyla Koronelning taʼkidlashicha, hukm “XXI asrda demokratiya qanday oʻlib borayotganini” aks ettirgan[42].

Mukofotlar tahrir

Ressa Emmi mukofotiga Eng yaxshi tergov reportaji uchun, Osiyo televideniesi mukofotiga, TOWNS – Millat xizmatidagi oʻn nafar ayol (Filippin) va TOYM Filippin mukofotlariga nomzod boʻlgan[43][44].

  • 2015-yilda Filippin kino press-klubi Televideniye uchun 29-chi PMPC Star mukofoti marosimida Ressani Eshittirishda muvaffaqiyat qozonganlik mukofoti bilan taqdirladi[45].
  • 2016-yilda u Calibre tomonidan Filippindagi eng nufuzli va qudratli 8 ta yetakchidan biri sifatida qayd etilgan[46].
  • 2017-yil noyabr oyida Ressa Rappler axborot tashkilotining bosh direktori sifatida Vashingtonda boʻlib oʻtgan Demokratiyaga qarshi dezinformatsiya: faktlar uchun kurash nomli yillik Demokratiya mukofoti uchun bazmda Milliy Demokratik Institut tomonidan uchta tashkilotga berilgan 2017-yilgi Demokratiya mukofotini qabul qildi[47].
  • 2018-yil may oyida Ressa Knight xalqaro jurnalistika mukofotini oldi, u yerda u Filippin hukumatining giyohvand moddalarga qarshi qonli urushiga eʼtibor qaratuvchi qoʻrqmas muharrir va media innovatori sifatida taʼriflandi[48].
  • 2018-yil iyun oyida Ressa Rappler bilan ishlagani uchun Jahon gazetalari assotsiatsiyasining Ozodlik oltin qalami mukofotini oldi[49].
  • 2018-yilning noyabr oyida Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi Ressaga Hukumatning doimiy ta’qibi ostida jurnalistik jasoratini e’tirof etgani uchun Matbuot erkinligi uchun Gven Ifill mukofotini topshirdi[50].
  • 2018-yil dekabr oyida u Times jurnalining 2018-yilning Yil odamiroʻyxatiga kirdi. Ressa 1986-yilda sobiq prezident Korazon Akinodan keyin bu unvonga ega boʻlgan ikkinchi filippinlik hisoblanadi[51][52].
  • 2019-yil aprel oyida u Times jurnalining dunyodagi eng nufuzli 100 kishi roʻyxatiga kiritildi[53].
  • 2019-yil may oyida Ressa Kolumbiya Universiteti Jurnalistika Oliy maktabining Oʻz ishining sifati, shu sohadagi jasorati va qat’iyati uchun maktabning eng oliy mukofoti boʻlgan Kolumbiya universiteti jurnalistika mukofotini oldi[54].
  • 2019-yil iyun oyida Ressa xalqaro sahnada oʻz taʼsirini oʻtkazgan jurnalistlarni taqdirlaydigan Kanada Jurnalistika Jamgʻarmasi mukofotini oldi[55].
  • 2019-yil oktyabr oyida Ressa BBCning 100 ayol roʻyxatiga kiritildi[56].
  • 2021-yil aprel oyida Ressa YuNESKO/Guillermo Cano Jahon matbuot erkinligi mukofotini oldi[57].

Nobel mukofoti tahrir

Ressa bosh vazir va Norvegiya Mehnat partiyasi rahbari Jonas Gahr Store tomonidan 2021-yilgi Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan[58][59] 2021-yil 8-oktyabrda Ressa rossiyalik Dmitriy Muratov bilan birga mukofot sohibi sifatida rasman e’lon qilindi. Ularga demokratiya va mustahkam tinchlikning dastlabki sharti boʻlgan soʻz erkinligini himoya qilishdagi sa’y-harakatlari uchun Nobel mukofot berild[60]. Ressa va Muratovlar 1935-yildan beri Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan birinchi jurnalistlardir[61].

Manbalar tahrir

  1. https://www.nobelprize.org/prizes/peace/2021/ressa/facts/
  2. 2,0 2,1 http://www.cbc.ca/news/world/democracy-as-we-know-it-is-dead-filipino-journalists-fight-fake-news-1.4086920
  3. https://rsf.org/en/maria-ressa
  4. https://southeastasiaglobe.com/in-the-face-of-power/
  5. https://www.weforum.org/people/maria-ressa/
  6. https://www.scmp.com/magazines/post-magazine/long-reads/article/3011509/maria-ressa-duterte-critic-and-guardian-truth
  7. http://www.rappler.com/about-rappler/about-us/6677-the-people-behind-rappler
  8. „arxiv nusxasi“. 6-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
  9. https://www.dw.com/en/philippines-maria-ressas-cyber-libel-verdict-a-method-of-silencing-dissent/a-53811284
  10. https://www.bbc.com/news/technology-19810474
  11. https://www.aljazeera.com/news/2020/6/15/maria-ressa-found-guilty-in-blow-to-philippines-press-freedom
  12. 12,0 12,1 12,2 https://www.theguardian.com/world/2020/jun/15/maria-ressa-rappler-editor-found-guilty-of-cyber-libel-charges-in-philippines
  13. arxiv nusxasi, 30–iyun 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 12–iyun 2022–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  14. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  15. 15,0 15,1 https://www.washingtonpost.com/world/asia_pacific/maria-ressa-rappler-filipino-american-journalist-guilty-cyber-libel-prison/2020/06/14/0dc58872-ae9c-11ea-98b5-279a6479a1e4_story.html
  16. http://time.com/5529350/philippines-rappler-maria-ressa-bail/
  17. https://newsinfo.inquirer.net/1291828/robredo-ressas-cyber-libel-conviction-a-threat-to-filipinos-freedom
  18. https://www.straitstimes.com/asia/se-asia/philippine-journalist-maria-ressa-critical-of-president-rodrigo-duterte-convicted-of
  19. https://www.worldcat.org/oclc/53170118
  20. https://www.worldcat.org/oclc/842932664
  21. https://www.icfj.org/about/profiles/maria-ressa
  22. https://facebook.com/rapplerdotcom/
  23. https://web.archive.org/web/20140804050841/http://www.rappler.com/index.php?view=article&id=385
  24. 24,0 24,1 24,2 https://www.theguardian.com/world/2019/feb/14/maria-ressa-arrest-everything-you-need-to-know-about-the-rappler-editor
  25. https://www.nbcnews.com/tech/tech-news/facebook-real-oversight-board-n1240958
  26. 26,0 26,1 https://www.bbc.com/news/world-asia-49601038
  27. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  28. https://www.bbc.com/news/world-asia-42692723
  29. https://www.manilatimes.net/2018/05/03/latest-stories/breakingnews/duterte-anybody-can-criticize-me-except-foreigners/396588
  30. https://interaksyon.philstar.com/breaking-news/2018/01/22/117342/harry-reiterates-palace-no-hand-in-summons-vs-rapplers-maria-ressa-2-others/
  31. https://newsinfo.inquirer.net/1275443/monsod-arrest-of-duterte-critic-sans-libel-complaint-illegal-unconstitutional
  32. https://newsinfo.inquirer.net/1275073/man-from-agusan-del-norte-nabbed-for-controversial-post-vs-bong-go-duterte
  33. http://www.rappler.com/nation/259053-dole-asks-taiwan-deport-ofw-facebook-posts-criticize-duterte
  34. https://www.theguardian.com/world/2019/jul/09/philippines-amal-clooney-to-defend-journalist-maria-ressa-in-press-freedom-fight
  35. http://www.pna.gov.ph/articles/1053479
  36. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  37. https://www.nytimes.com/2018/11/09/business/duterte-critic-rappler-charges-in-philippines.html
  38. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  39. https://www.cnn.com/2019/02/13/asia/maria-ressa-arrest-warrant-intl/index.html
  40. https://www.bbc.com/news/world-asia-47235444
  41. https://apnews.com/cb026b7094fac489d60cf248eb86bbb2
  42. https://www.theatlantic.com/international/archive/2020/06/maria-ressa-rappler-philippines-democracy/613102/
  43. http://prezi.com/t5pq_jjq8zi7/untitled-prezi/
  44. „arxiv nusxasi“. 17-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
  45. https://www.rappler.com/bulletin-board/114827-maria-ressa-lifetime-achievement-award-broadcasting-pmpc-star-awards-2015
  46. https://www.kalibrr.com/advice/2016/03/most-influential-and-powerful-women-leaders
  47. https://www.ndi.org/our-stories/2017-democracy-dinner-explores-global-threat-disinformation
  48. https://www.icfj.org/news/digital-news-trailblazers-philippines-and-venezuela-receive-top-international-journalism-award
  49. https://www.journalism.co.uk/news/maria-ressa-executive-editor-of-rappler-receives-golden-pen-of-freedom/s2/a722933/
  50. https://cpj.org/awards/maria-ressa/
  51. https://leagueonlinenews.com/news/rapplers-maria-ressa-among-times-person-of-the-year-2018/
  52. http://time.com/person-of-the-year-2018-the-guardians/
  53. https://time.com/collection/100-most-influential-people-2019/5567672/maria-ressa/
  54. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  55. https://www.newswire.ca/news-releases/canadian-journalism-foundation-to-recognize-embattled-journalist-maria-ressa-with-tribute-honour-829901020.html
  56. https://www.bbc.com/news/world-50042279
  57. „arxiv nusxasi“. 27-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
  58. https://www.dagsavisen.no/nyheter/verden/hektisk-nomineringsaktivitet-for-fredsprisfrist-1.1827991
  59. https://www.aftenposten.no/norge/politikk/i/jBL23A/flere-fredsprisforslag-foer-fristen-gikk-ut
  60. https://www.nobelprize.org/prizes/peace/2021/summary/
  61. https://www.pbs.org/wgbh/frontline/article/we-will-hold-the-line-a-year-end-message-from-frontlines-executive-producer/

Havolalar tahrir