Marika Aba (1929-yil 12-noyabr, Budapesht, Vengriya — 1972-yil 12-noyabr) amerikalik raqqosa va jurnalist.

Abaning otasi Marika Volf muhandis boʻlib, Turkiyada ishlagan vaqtida Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bialn gʻoyib boʻlgan. Urushdan keyin, Sovet Ittifoqi Vengriyani bosib olganida, Marika onasi Georgina Maros bilan tunda daryodan suzib oʻtib Avstriyaga qochib ketgan. Avstriyada esa balerina sifatida taʼlim olgan. Aba 1951-yilda Rimda balerina sifatioda „Quo Vadis“ filmida „Neron ziyofatidagi ossuriyalik raqqosa“ rolini oʻynagan[1]. Bu roldan keyin u onasi bilan Kaliforniya shtatidagi Sherman Oaksga koʻchib oʻtgan.

1952-yilda Aba gulchi qiz sifatida MGMningLove to Look At “ musiqiy filmida rol ijro etgan. 1961-yilda esa Groucho Marx boshlovchi boʻlgan "You Bet Your Life" televiktorinasida ishtirokchi boʻlgan[2][3].

Qisqa kino faoliyatidandan soʻng Aba Los Angeles Timesda sanʼat toʻgʻrisida maqolalar yoza boshladfi[4]. Soʻng Italiyaga qaytib keldi va oʻz eʼtiborini Italiya kino sanoatiga qaratdi. Kino tanqidchisi Charles Champlin Marika maqolalarining „joʻshqinligi va teranligi“ haqida alohida taʼkidlagan[5].

Oʻlimi tahrir

Oʻlimi vaqtida Aba Verona Filmning reklama direktori boʻlgan. Paramount Pictures va Cinema International korporatsiyasining ishlab chiqarish va reklama aloqasi boʻyicha ishlagan. U Fransiyaning Parij shahrida 43 yoshga toʻlgan kuni uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etadi. Uning dafn marosimi Rimda boʻlgan[6].

Oilasi tahrir

Aba Norman Natan Semlerning ikkinchi xotini edi[7]. Er-xotinning Gari ismli bir oʻgʻil farzandi bor edi. Marika eri bilan ajrashgandan soʻng Kaliforniyada onasi va oʻgʻli bilan birga yashagan[5].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol
1951-yil Quo Vadis Neron ziyofatida ossuriyalik raqqosa
1952-yil Lovely to Look At Gulchi qiz

Manbalar tahrir

  1. Richard Lindsay. Hollywood Biblical Epics: Camp Spectacle and Queer Style from the Silent Era to the Modern Day: Camp Spectacle and Queer Style from the Silent Era to the Modern Day. Praeger, June 19, 2015 — 74 bet. ISBN 9781440837531. 2019-yil 21-aprelda qaraldi. 
  2. „Marika Aba“. Internet Movie Database. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  3. „Harpo meets Groucho on "You Bet Your Life"“. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  4. Axel Madsen. John Houston: A Biography. Open Road Media, March 17, 2015. ISBN 9781504008587. 2019-yil 21-aprelda qaraldi. 
  5. 5,0 5,1 Charles Champlin. „Marika Aba Dies After Long Illness“. newspapers.com. Los Angeles Times (1972-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
  6. „Marika Aba Dies“. Motion Picture Daily (1972). Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  7. „Norman Nathan Semler“. Geni. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.