Mariylar (oʻzlarini mariy deb atashadi; eski nomlari — cheremislar) — Rossiyadagi xalq, (645 ming kishi). M. — Mariy Elning tub aholisi (324 ming kishi). Boshqirdiston (100 mingdan oshiq kishi), Tatariston (20 ming ga yaqin kishi), Udmurtiston (taxminan 10 ming kishi), Qozogʻiston (12 ming kishi), Ukraina, Oʻzbekistonda ham yashaydilar. Umumiy soni 670 ming kishidan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Mariy tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, pravoslavlar. Sharqiy M.da, asosan, anʼanaviy diniy eʼtikrdlar saqlangan.

Milodiy 1ming yillikda Volga-Vyatka daryolari oraligida yashagan fin-ugor qabilalari M.ning ajdodlaridir. 10-asrda xazar manbalarida M. cheremislar deb aytib oʻtilgan. M. dehqonchilik, polizchilik, ovchilik, baliqchilik, chor-vachilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanishadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil