Marisa Rene Abegg (1987-yil 14-martda tugʻilgan) — Amerikalik nafaqadagi futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Marisa Abegg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marisa Rene Abegg[1]
Tavallud sanasi 14-mart 1987-yil (1987-03-14) (37 yosh)
Tavallud joyi Anchorage, Alaska, Qoʻshma Shtatlar
Boʻyi 5 ft 7 in (1.70 m)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009 FC Gold Pride 6 (0)
2010 Washington Freedom
2011–2012 D.C. United Women 9 (0)
2013 Gulf Coast Texans
2013 Washington Spirit 5 (0)
Milliy terma jamoa
2005–2006 United States U-20
2007–2008 United States U-23 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Erta karyera tahrir

U Oregon shtatida joylashgan Oswego koʻlidagi Lakeridge oʻrta maktabiga qatnadi.[2]

Kollej tahrir

Abegg 2005-yildan 2008-yilgacha Stanford Kardinal ayollar futbol jamoasida oʻynadi, Stanford Collegedagi faoliyati davomida oʻynalgan barcha toʻqson bir oʻyinda ishtirok etgan va uchta gol urdi.[3]

Professional karyera tahrir

Abegg FC Gold Pride tomonidan 2009 WPS Draftga tanlab olindi. Rivojlanayotganlar roʻyxatidan toʻliq tarkibga koʻtarilganiga qaramay, Abegg mavsum yakunida Albertin Montoya tomonidan ortiqcha deb topildi.[4] U FC Gold Pride uchun 6 ta oʻyinda maydonga tushdi.

2010-yilda Abegg Washington Freedom tomonidan rivojlayotgan oʻyinchi sifatida qabul qilindi.[5] 2011 va 2012-yillarda u W-Leaguening DC United Ayollar jamoasida va 2013-yil boshida Ayollar Premer-Ligasining West Coast Texans klubida oʻynadi.[6][7] Abegg 2011 va 2012-yillarda DC United Women sardori boʻldi.[8]

2013-yil 31-iyulda Abegg erkin agent sifatida Washington Spirit bilan shartnoma imzoladi. U oʻsha kechaning oʻzida Western New Flashga 3–0 hisobida magʻlub boʻlib jamoa bilan debyut qildi.[9]

U 2014-yil 14-fevralda Washington Spiritdan iste'foga chiqdi. Hammasi boʻlib Washington Spirit uchun beshta oʻyindan toʻrtta oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va umumiy hisobda oʻyin vaqti 409 daqiqani tashkil qildi.[10]

Iste'fo tahrir

2014-yil 14-fevralda Marisa professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. U oʻz ta'limini birinchi oʻringa qoʻyishni va muhtojlarga sogʻliqni saqlash orqali yordam berishni rejalashtirgan.[11]

Abegg hozirda San-Diego Davlat Universitetida Ayollar Futboli boʻyicha direktor boʻlib ishlaydi. Ularning veb-saytiga koʻra, u dasturdagi uchinchi mavsumini boshlamoqda.[12]

Karyera statistikasi tahrir

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Jamoa Mavsum Liga Mahalliy Liga Mahalliy Pley-off Jami
Oʻyinlar Boshlangʻich tarkibda Daqiqalar Gollar Golli uzatmalar Oʻyinlar Boshlangʻich tarkibda Daqiqalar Gollar Golli uzatmalar Oʻyinlar Boshlangʻich tarkibda Daqiqalar Gollar Golli uzatmalar
FC Gold Pride 2009 WPS 6 3 335 0 0 - - - - - 6 3 335 0 0
Jami 6 3 335 0 0 - - - - - 6 3 335 0 0
Karyera jami - 6 3 335 0 0 - - - - - 6 3 335 0 0

Xalqaro karyera tahrir

Millat Yil Xalqaro ishtirok
Oʻyinlar Boshlangʻich tarkibda Daqiqalar Gollar Golli uzatmalar
AQSH U-23 2009 1 0 0 0
Karyera jami 7 0 0 0

Manbalar tahrir

  1. „2009 FC Gold Pride Media Guide“ (PDF). FC Gold Pride (2009). Qaraldi: 15-noyabr 2021-yil.
  2. „Player Bio: Marisa Abegg“. gostanford.com.
  3. „Player Bio: Marisa Abegg“. gostanford.com. "Player Bio: Marisa Abegg". gostanford.com.
  4. „Pride Makes More Offseason Moves“. FC Gold Pride (2009-yil 22-sentyabr). 2010-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 23-sentyabr.
  5. „Freedom Announces Opening Day 22-Player Roster for 2010 WPS Season“. FC Gold Pride (2010-yil 1-aprel). Qaraldi: 2010-yil 1-aprel. [sayt ishlamaydi]
  6. „SPIRIT ADD MARISA ABEGG“. National Women's Soccer League (2013-yil 31-iyul). 2013-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  7. „#15 Abegg, Marisa“. D.C. United Women. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
  8. „Two-year captain Abegg likely has played last game with D.C. United Women – Washington Spirit“. washingtonspirit.com. [sayt ishlamaydi]
  9. „Spirit blanked 3–0 at Western New York – Washington Spirit“. washingtonspirit.com (2013-yil avgust).
  10. „Archived copy“. 2014-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-fevral.
  11. „Archived copy“. 2014-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-fevral. "Archived copy".
  12. „Marisa Abegg - Women's Soccer Coach“ (en). SDSU Athletics. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.

Havolalar tahrir