Mariya Nikolayevna Yermolova (1853—1928) — rus aktrisasi. Rossiya xalq artisti (1920), Mehnat Qahramoni (1924). 1871 yildan Kichik teatrda ishlagan. Fojiaviy rollar ustasi. Yermolova ijodining ahamiyati rus va jahon teatri sanʼati tarixida nihoyatda buyukdir. U qatnashgan har bir spektakl ijtimoiy hodisaga aylangan. Asosiy rollari: Mariya Styuart ("Mariya Styuart"), Ioanna d’Ark ("Orlean qizi"), Kruchinina ("Aybsiz aybdorlar"), Ofeliya, Ledi Makbet ("Hamlet", "Makbet") va boshqa. Oʻz qaxramonlari ob-razini otashin ehtiros, chuqur psixologizm, haqqoniylik bilan ifodalagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil