Mariyash Bostanova (3-yanvar 1945, Chimboy tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Nukus pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967—76 yillarda Chimboy, Taxtakoʻpir tumanidagi maktablarda tarbiyachi, qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1976-yildan Qoraoʻzak tumanidagi 5maktabda qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Bostanova darslarni koʻrgazmali qurollar, texnika vositalari asosida tashkil etadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil