Mark Docherty
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mark John Docherty (talaffuzi: Mark Jon Docherti) (1988-yil 15-mayda tugʻilgan) —shotlandiyalik futbolchi. Mark Docherty „Forfar Athletic“ futbol klubi jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. Mark Docherty oʻzining futbolchilik faoliyatini „St Mirren“ futbol klubi bilan boshlagan edi. Keyinchalik Docherty „Stirling Albion“, „Brechin City“, „Alloa Athletic“ (ikki marta), „Stranraer“, „Dumbarton“, „East Fife“, „Montrose“, „Forfar Athletic“, „Annan Athletic“ (ikki marta) va „Clyde“ futbol klublarida futbolchilik faoliyatini davom ettirdi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mark John Docherty | ||
Tavallud sanasi | 15-may 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Bellshill, Shotlandiya | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Forfar Athletic (ijara) | ||
Raqami | 5 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2008 | St Mirren | 1 | (0) |
2007 | → Montrose (ijara) | 9 | (1) |
2008—2009 | Stirling Albion | 29 | (3) |
2009—2011 | Brechin City | 45 | (4) |
2011 | → Annan Athletic (ijara) | 18 | (0) |
2011—2013 | Alloa Athletic | 58 | (4) |
2013—2014 | Stranraer | 33 | (0) |
2014—2015 | Alloa Athletic | 32 | (2) |
2015—2017 | Dumbarton | 63 | (6) |
2017—2019 | East Fife | 47 | (7) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 2-oktyabr uchun) |
Faoliyati
tahrirMark Docherty Shotlandiyaning Bellshill shahrida tugʻilgan. Docherty oʻz faoliyatini „St Mirren“ futbol klubida boshlagan va 2007-yilda „Montrose“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[1]. Mark Docherty klub safidagi birinchi oʻyinini 2008-yilning 29-martida „Gretna“ futbol klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazgan[2].
Mark Docherty 2008-yilning avgustida „Stirling Albion“ futbol klubi safiga qoʻshildi[3], ammo 2008—2009-yilgi mavsum oxirida klubni tark etdi. Keyin Mark Docherty qisqa muddatli shartnoma[4] asosida „Brechin City“ futbol klubi safiga qoʻshilishga rozilik bildirdi va 2010-yilning yanvar oyida uning klub bilan shartnomasi yana 18 oyga uzaytirildi[5]. 2011-yilning 31-yanvarida Mark Docherty 2010—2011-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Annan Athletic“ futbol klubiga oʻtdi[6].
Docherty 2011-yilning iyul oyida „Alloa Athletic“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi[7]. 2013-yilning may oyida Mark Docherty klubni tark etdi[8]. Keyin esa 2013-yilning yozida „Stranraer“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[9]. 2014-yil 29-may kuni Docherty „Alloa Athletic“ futbol klubi jamoasiga qayta qoʻshildi[10][11].
Mark Docherty 2015-yil iyun oyida Shotlandiya chempionatining „Dumbarton“ klubi jamoasiga qoʻshilgan edi[12]. U klubdagi birinchi golini sobiq jamoasi „Alloa Athletic“ klubiga qarshi uchrashuvda kiritdi. Mark Docherty 2016-yil iyun oyida klub bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi[13]. Shundan soʻng, Docherty 2017-yilning may oyida klubni tark etdi[14].
„Dumbarton“ klubini tark etgach, Docherty 2017-yil 13-iyun kuni „East Fife“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[15]. „East Fife“ klubi uchun ellikdan ortiq oʻyin oʻtkazganidan soʻng, Docherty 2019-yil may oyida „Forfar Athletic“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[16]. Docherty 2020-yil yanvar oyida „Forfar“ klubini tark etdi va „Annan Athletic“ klubiga oʻtdi. Mark Docherty „Clyde“ futbol klubiga 2021-yilning yozida kelib qoʻshildi va bir mavsumdan keyin klubni tark etdi[17].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Montrose (ijara) | 2006—2007 | Uchinchi diviziya | 9 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 1 |
St Mirren | 2007—2008 | Premer liga | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
Stirling Albion | 2008—2009 | Ikkinchi diviziya | 29 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 3 |
Brechin City | 2009—2010 | Ikkinchi diviziya | 35 | 4 | 2 | 1 | 2 | 0 | 4 | 0 | 43 | 5 |
2010—2011 | 10 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 16 | 0 | ||
Jami | 45 | 4 | 5 | 1 | 4 | 0 | 5 | 0 | 59 | 5 | ||
Annan Athletic (ijara) | 2010—2011 | Uchinchi diviziya | 18 | 1 | — | — | 4 | 0 | 22 | 1 | ||
Alloa Athletic | 2011—2012 | Uchinchi diviziya | 30 | 4 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 32 | 4 |
2012—2013 | Ikkinchi diviziya | 28 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 33 | 0 | |
Jami | 58 | 4 | 1 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | 65 | 4 | ||
Stranraer | 2013—2014 | Birinchi liga | 32 | 0 | 6 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | 44 | 0 |
Alloa Athletic | 2014—2015 | Chempionat | 32 | 2 | 3 | 2 | 2 | 0 | 9 | 0 | 46 | 4 |
Dumbarton | 2015—2016 | Chempionat | 34 | 2 | 4 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 39 | 2 |
2016—2017 | 29 | 4 | 2 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 36 | 4 | ||
Jami | 63 | 6 | 6 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 75 | 6 | ||
East Fife | 2017—2018 | Birinchi liga | 23 | 7 | 1 | 0 | 4 | 1 | 1 | 0 | 29 | 8 |
2018—2019 | 24 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 29 | 0 | ||
Jami | 47 | 7 | 4 | 0 | 4 | 1 | 3 | 0 | 58 | 8 | ||
Forfar Athletic | 2019—2020 | Birinchi liga | 21 | 2 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 27 | 3 |
Annan Athletic | 2019—2020 | Ikkinchi liga | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 |
2020—2021 | 17 | 0 | 1 | 0 | 3 | 1 | 0 | 0 | 21 | 1 | ||
Jami | 40 | 1 | 1 | 0 | 3 | 1 | 4 | 0 | 48 | 2 | ||
Clyde | 2021—2022 | Birinchi liga | 27 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 33 | 0 |
Jami | 404 | 30 | 29 | 3 | 29 | 2 | 33 | 0 | 495 | 35 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Buddies duo head out to Montrose“. BBC Sport (3-mart 2007-yil). Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
- ↑ „Former boxer Docherty makes St Mirren debut“. Paisley Daily Express (1-aprel 2008-yil). Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
- ↑ „Stirling secure three new faces“. BBC Sport (22-avgust 2008-yil). Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
- ↑ „Harty one of four Brechin deals“. BBC Sport (25-iyul 2009-yil). Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
- ↑ „Hughes desperate to keep Hibernian vice-captain Murray at Easter Road“. The Press & Journal (6-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 28-aprel 2011-yil.
- ↑ „Latest News“. Annan Athletic FC (1-fevral 2011-yil). 23-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2011-yil.
- ↑ „Hartley adds two squad“. Alloa Athletic F.C. (7-iyul 2011-yil). 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
- ↑ „Player Availability - Mark Docherty - the Scottish Football League“. www.scottishfootballleague.com. 13-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2022-yil.
- ↑ Lindsay, Clive. „Scottish League One ins and outs summer 2013“. BBC Sport. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
- ↑ „Manager adds 4 more“. Alloa Athletic F.C. (29-may 2014-yil). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
- ↑ „Docherty departs with heavy heart“. Scottish Professional Football League (2-iyun 2014-yil). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
- ↑ „Keen to make his Mark at the Sons“. dumbertonfootballclub.com (10-iyun 2015-yil). Qaraldi: 17-iyun 2015-yil.
- ↑ Findlay. „SPARKY AGREES NEW DEAL“. Qaraldi: 9-iyun 2016-yil.
- ↑ Findlay. „SQUAD UPDATE : PLAYER DEPARTURES“. Dumbarton Football Club. Qaraldi: 11-may 2017-yil.
- ↑ „New signing at Bayview“. East Fife FC (13-iyun 2017-yil). Qaraldi: 13-iyun 2017-yil.
- ↑ „Double Signing Boost for 'Loons'“. forfarathletic.co.uk (21-may 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2019-yil.
- ↑ „Squad Update | 3-may 2022-yil | News | Official Mobile Website | Clyde FC“. m.clydefc.co.uk. 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2022-yil.