Mark Allan Hoppus (15-mart, 1972) amerikalik musiqachi, produser va televoshlovchidir. U Blink-182 pop punk va +44 alternative rock guruhlarining baschi va vokalchisidir. Ikkala guruhni tuzishda qatnashgan. Hoppus shuningdek Idiot Pilot, New Found Glory, The Matches, va Motion City Soundtrack guruhlar uchun albomlar chiqarishda ishtirok etdi. 2010-yil 16-sentabridan Fuse TV kanalida Hoppus on Music haftalik shouni boshlab kelmoqda.[1]

Mark Hoppus

Mark Hoppus jonli ijro paytida (2011)
Umumiy maʼlumot
Tugʻilgan paytidagi ismi Mark Allan Hoppus
Tugʻilishi 15-mart 1972 (1972-03-15) (48 yosh)
Fuqaroligi Qoʻshma Shtatlar
Kasbi Qoʻshiqchi, shoir, teleboshlovchi, musiqa produseri
Guruh Blink-182, +44, City (Comma) State, Box Car Racer, Motion City Soundtrack, The Ataris, All Time Low, New Found Glory, Good Charlotte, Simple Plan, Less Than Jake, Owl City
Faoliyat yillari 1988—bugun
Janr Pop punk, alternative rock, punk rock, skate punk

Kaliforniyaning Ridgecrest shahrida tavallud topgan Hoppus bolaligini u uchinchi sinfda oʻqiyotganida ajrashgan ota-onasining uylariga navbatma-navbat koʻchib oʻtkazdi. Skeytbord va punk rock musiqaga qiziqdi, oʻn besh yoshida ota unga bas gitara olib berdi. Singlisi Anne uni kursdoshi Tom DeLonge bilan tanishtirgunicha Hoppus turli guruhlarda gitara chalib yurdi. Hoppus va DeLonge keyin Blink-182 guruhiga asos solib, keng shuhratga erishishdi. Blink-182 2005-yili tarqalib, Hoppus Travis Barker bilan +44 guruhini tuzdi. 2009-yili Blink-182 qayta yigʻildi. Biroq Hoppus +44 loyihasini „tugadi“, deb hisoblamaydi.[2]

ManbalarTahrirlash

  1. Coming to Fuse This Fall: Hoppus on Music. Fuse.tv (2010-06-22). 2010-06-22.
  2. Alternative Press Magazine. Interview with Mark Hoppus. Asl nusxadan arxivlandi (2009-05-18). 2009-05-16.

HavolalarTahrirlash