Marka:

1) Germaniya Federativ Respublikasi pul birligi. 1871-yildan butun Germaniya hududida yagona valyuta sifatida joriy qilingan. 1 M.= 100 pfennig . Xalqaro ifodasi DEM. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 2,21 M., 1 M. = 306,27 soʻm (2002-yil 5-fevral) boʻlgan;

2) Finlandiya pul birligi. 1860-yildan joriy etilgan. I M. = 100 penni. Xalqaro ifodasi FIM. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 6,73 M. = 100,75 soʻm (2002-yil 5 fevral) boʻlgan. 2002-yil 1 yanvardan Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlarning yagona pul birligi yevrota oʻtishi sababli muomiladan toʻxtatilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil