Markada
Markada (arabcha: مَرْكَدَة, shuningdek Margada) Suriyaning shimoli-sharqidagi Hasaka muhofazasining janubida joylashgan shaharcha. Maʼmuriy markazi tarkibida 13 munitsipalitet mavjud boʻlgan Markada nohiyasi. 2004-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Markada aholisi 2,530 kishini tashkil qilgan[1].
Markada مَرْكَدَة | |
---|---|
Shaharcha | |
35°45′32″N 40°46′9″E / 35.75889°N 40.76917°E | |
Mamlakat | Suriya |
Muhofaza | Hasaka |
Okrug | Hasaka okrugi |
Kichik tuman | Markada nohiyasi |
Aholisi (2004) |
2,530[1] |
Vaqt mintaqasi | UTCEET +2; +3 |
|
Shaharni Xobur daryosi ikki qismga boʻlib turadi.
Tarixi
tahrirMarkada „Makisin“ (shuningdek „Makasîn“, „Maykasan“ yoki „Makîs“ deb ham talaffuz qilinadi) qishlogʻi oʻrnida tashkil qilingan[2]. Ilk islom hukmronligi davrida (7—10-asrlar) Makisin Diyor Rabiʼa tumani tarkibidagi Xobur daryosi boʻyidagi daryodan koʻprik oʻtgan joydagi shaharcha boʻlgan[3]. Hudud atrofida katta miqdorda paxta yetishtirilgan[3]. 680-yillarning oxirida koʻp sonli nasroniy Tagʻlib qabilasi aʼzolari uzoq davom etgan Qays—Yaman adovati davomida Sulaym qabilasi tomonidan Makisindagi pistirmada oʻldirilgan[4].
Prozelit Obodiyo 12-asrda Makisinga tashrif buyurib, hududda Kodeks Sassoonga amal qiladigan yahudiylar jamoasi va sinagogasini koʻrgan[5].
Fuqarolar urushi
tahrirMarkada 2013-yilda Suriya hukumati kuchlari va an-Nusra fronti o‘rtasidagi janglarga guvoh boʻlgan[6][7]. Shahar ustidan nazorat o'rnatgan an-Nusra fronti keyingi yili Markada jangida Islomiy Davlat tomonidan quvib chiqarilgan. 2014-yil mart oyiga kelib minglab aholi Markadadan qochib ketgan. Ularning koʻplari Deir az-Zor muhofazasidagi as-Sur shahriga borgan[8].
AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDga qarshi havo hujumlari davomida 2017-yil sentabrida shaharchani nishonga olishi natijasida, ko‘plab qurbonlar, jumladan, iroqlik qochqinlar ham qurbon bo‘lgan[9]. 19-oktyabr kuni SDF shaharga hujum qilib, uning bir qismini egallab olgan[10][11]. Shahar 2017-yil 9-noyabrda SDF tomonidan toʻliq bosib olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „2004 Census Data for Nahiya Markada“ (ar). Syrian Central Bureau of Statistics. Also available in English: UN OCHA. „2004 Census Data“. Humanitarian Data Exchange.
- ↑ Abdul Karim, Maamoun; Makdissi, Michel. Al-Jazīrah al-Sūrīyah, al-turāth al-ḥaḍārī wa-al-ṣilāt al-mutabādalah: waqāʼiʻ al-muʼtamar al-duwalī, Dayr al-Zūr. The Ministry of Culture (Syria) and Directorate General of Antiquities and Museums, 2002 — 302-bet.
- ↑ 3,0 3,1 Le Strange, Guy. The Lands of the Eastern Caliphate: Mesopotamia, Persia, and Central Asia, from the Moslem Conquest to the Time of Timur. New York: Barnes & Noble, Inc., 1905. OCLC 1044046.
- ↑ Wellhausen, J.. The Arab Kingdom and its Fall. University of Calcutta, 1927 — 204-bet. ISBN 9780415209045.
- ↑ Schuessler, Jennifer. „Oldest Nearly Complete Hebrew Bible Heads to Auction“ (2023-yil 15-fevral). Qaraldi: 2023-yil 15-fevral.
- ↑ Heras, Nicholas A. „The Battle for Syria's Al-Hasakah Province“. Combating Terrorism Center at West Point. United States Military Academy (2013-yil 24-oktyabr). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ Boeykens, Jan „Latest News Syria: Foreign backed terrorists killed“. La Fondation. Werkgroep Morkhoven (2013-yil 26-iyun). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ Aziz, Judi „Al-Nusra and Islamic Front advance in Hasaka countryside“. ARA News (2014-yil 8-mart). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ The massacre of Markadah town south of Hasaka kills at least 11 people half of them are Iraqi refugees, Syrian Observatory for Human Rights, 26 September 2017
- ↑ „SDF has entered Markada and have captured parts of it“.
- ↑ @VivaRevolt. „SDF has entered Markada and have...“ (2017-yil 19-oktyabr).