Markaziy Litva gerbi
Markaziy Litva gerbi — Markaziy Litva Respublikasining gerbi boʻlib xizmat qiluvchi ramz. U 1920-yil 12-oktabrda tashkil etilgan va 1922-yil 18-aprelgacha, davlat oʻz faoliyatini toʻxtatgunga qadar amalda boʻlgan[1].
Markaziy Litva gerbi | |
---|---|
Mamlakat | Markaziy Litva |
Qabul qilindi | 12-oktyabr 1920-yil |
Bekor qilindi | 18-aprel 1922-yil |
Dizayni tahrir
Gerbda rasmiy ravishda burgut va Pahonia (ot ustidagi ritsar) tasvirlangan[2]. Oʻng tomonda toj kiygan kumush (oq) burgut, chap tomonda esa kumush (oq) Pahonia; sakrayotga ot ustida oʻng qoʻlida qilich, chap qoʻlida esa Lotaringiya xochi tasvirangan qalqon tutgan ritsardan iborat. Ikkala tasvir ham kumush (oq) qirrali qizil fon ichiga joylashtirilgan[1]. Uning dizayni 1831-yil noyabr qoʻzgʻoloni chogʻida Polsha milliy hukumati tomonidan qoʻllanilgan gerbga taalluqli edi[3].
Tarixi tahrir
Gerb davlat ramzi sifatida 1920-yil 12-noyabrda Markaziy Litva armiyasi boshligʻining 1-sonli farmonida qabul qilingan[4]. 1922-yil 18-aprelda Markaziy Litva Respublikasi Polsha tarkibiga kiritilganidan keyin gerbdan foydalanish toʻxtatilgan.
Galereya tahrir
-
1920-yilgi gerbning chizmasi.
-
1920-yildagi Markaziy Litva armiyasi bosh qo'mondonligining 1-sonli farmonida tasvirlangan gerb.
-
1920-yildagi pochta markasidagi gerb.
-
1920-yildagi pochta markasidagi gerbi.
-
1921-yilgi pochta markasidagi gerbi.
-
1921-yilgi pochta markasidagi gerbi.
-
1922-yilgi pochta markasidagi gerbi.
Manbalar tahrir
- ↑ 1,0 1,1 S. K. Kuczyński: Polskie herby ziemskie, Warsaw, 1994.
- ↑ Władysław A. Serczyk: Dzieje Polski: 1918—1939 : wybór materiałów źródłowych. Kraków: Krajowa Agencja Wydawnicza, 1990. p. 130.
- ↑ „Wirtualne muzeum Orła białego“ (pl).
- ↑ Decree No. 1 of the Chief-in-command of the Army of Central Lithuania, Journal of Laws of the Provisional Governing Commission, 17 November 1920, No. 1, position 1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |