Ritsarlar (nem, Ritter, dastlab — chavandoz) — oʻrta asrlarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida imtiyozli ijtimoiy qatlam: keng maʼnoda — barcha oqsuyak mulqdorlar (feodallar), tor maʼnoda — fakat mayda oqsuyak mulkdorlar. Vassallik munosabatlari orqali oʻz senʼorlariga karam boʻlgan. R. ulardan yer mulki (feod) olib, evaziga qoʻshinda suvoriy xizmatini oʻtaganlar. R.ning jangovaroti, qimmatbaho ogʻir qurollari (qilich, qalqon, sovut) boʻlishi lozim edi, u maxsus ritsarlik taʼlimini olgan, turnirlarda qatnashgan. R. uchun quyidagi axloqiy normalar: jasurlik, omonatga sadoqat, ayollarga nisbatan olijanoblik shart bulgan. Shundan (majoziy maʼnoda) R. — fidokor, olijanob insonlar. 12—14-asrlarda R. harbiy kuch sifatida katta ahamiyatga ega bulgan. 15—16-asrlarda muntazam armiyalar tuzilishi va uqotar qurollarning tarqalishi bilan ularga ehtiyoj qolmagan. R. dvoryanlar tabaqasining asosini tashkil etgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil