Markaziy Osiyo loʻlilari — bu asosan Tojikiston va Oʻzbekistonda (djugi, mugat, gidaydar, garibsho, gurvat), parya (changar, hindustani), kavol (shex-momadi), chistoni va sogutarosh etnik guruhlarini bir-biridan farqli ekanligini bildiruvchi anʼanaviy atama hisoblanadi.

Fors-tojik tilida gaplashishadi, ya´ni forsizabon hisoblanishadi.

Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo loʻlilarini yaqindan oʻrganish tadqiqotlari N.V. Bessonov va S.M.Gabbasov tomonidan amalga oshirilmoqda.

2016-yilda Yelena Marushiakova va Veselina Popova muallifligi ostida Markaziy Osiyo va Kavkaz orti loʻlilar haqidagi birinchi umumiy kitob nashr etilgan (Adabiyotlar roʻyxatida keltirilgan).[1]

Milliy kiyim tahrir

Anʼanaviy erkaklar va ayollar kiyimlari tojik va oʻzbek kiyimlaridan deyarli farq qilmagan va yorqin boʻlgan. Bundan tashqari, Oʻrta Osiyo loʻlilari hech qachon roʻmol kiyishmagan, Qarshi va Shahrisabz loʻlilari esa „durra“ taqishgan.[2] Shahrisabz, Qarshi va Hisor loʻlilarida umumiy tatuirovka qilish ommabop boʻlgan (peshona, qoʻl, baʼzida yonoqlarga uch nuqta chizilgan).[3]

Loʻlilar va ular bilan qarindoshlik aloqalari tahrir

Ushbu loʻlilarning etnik guruhlarini XIX asrdan XX asr oʻrtalarigacha russlar deb atashgan va ularning barchasi koʻchmanchi yoki yarim koʻchmanchi turmush tarzini olib borishgan. Ushbu guruhlarning vakillari qisman bu nomni qabul qilshgan, ammo aslida (roma, sigon-i urus) „Markaziy Osiyo loʻlilari“ni oʻzlarining qarindoshlari deb hisoblashmagan, tilini tushunmagan va hattoki ular bilan turmush qurishmagan. Loʻlilar shuningdek, „Markaziy Osiyo loʻlilari“ni oʻzlariniki deb hisoblashmaydi.

Aslida, „Markaziy Osiyo loʻlilari“ yagona etnik guruh hisoblanmaydi. Mugatlar (djugi) va sogutaroshlar qadimdan Oʻrta Osiyoda istiqomat qilishgan va u joylarni oʻz vatani deb bilishgan. Ularning ajdodlari Hindistondan kelgan boʻlishiga qaramay, djugilarda bu borada hattoki afsonalar ham mavjud emas. Djugilarning milliy oʻz-oʻzini anglash mafkurasi koʻp bosqichlidir, ularning baʼzilarini nafaqat djugilar, balki tojik yoki oʻzbeklar ham tashkil etadi. Chistoni, kavol va paryalar Afgʻonistondan kelgan deb hisoblanib, oʻzlarini afgʻon yoki hindular (parya) deb atashgan. Ular fors-tojik lahjalarida soʻzlashishgan. Paryalar shu oʻrinda indoariy tilini saqlab qolishgan. Djugi, sogutarosh, kavol va chistoniy tillarda begonalar huzurida soʻzlashadigan maxfiy til (argo) qoʻllaniladi. Argo djughi va sogutarosh asosan bir-biriga oʻxshaydi. Argo chistoni va kavol bir-biridan argo djugi kabi katta farq qiladi.

„Markaziy Osiyo loʻlilari“ning turli guruhlari vakillari, qoidaga koʻra, tor ixtisoslikka ega (djugi — musiqa, qoʻshiqchilik, tilanchilik, folbinlik, zargarlik; soʻgutarosh — yogʻochga ishlov berish; chistoni — oʻgʻirlik; parya — nos savdosi, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari uchun ishga yollash; kavol — mayda savdogarlik). Bu va guruhdan tashqari muloqotni (va nikohni) cheklaydigan anʼanalarga koʻra, ular Pokiston va Hindistonning „musulmon kastalari“ deb ataluvchi turiga oʻxshaydi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. http://static.iea.ras.ru/books/Butovskaya_bredushie_sredi_nas.pdf C. 151
  2. Этнический атлас Узбекистана. Ташкент: «ИООФС — Узбекистан», 2002 — 242—247 bet. ISBN 5-862800-10-7. 
  3. http://static.iea.ras.ru/books/Butovskaya_bredushie_sredi_nas.pdf S. 151

Adabiyotlar tahrir

  • Oranskiy I. M. Hisor vodiysining (Oʻrta Osiyo) tojik tilida soʻzlashuvchi etnografik guruhlari. Etnolingvistik tadqiqotlar. M.: „Fan“, Sharq adabiyotining bosh nashri, 1983-yil, UDC 902.7 ("-9.155.0)
  • Marushiakova, Elena va Vesselin Popov. 2016-yil. Markaziy Osiyo va Kavkaz loʻlilari. London: Palgrave Makmillan.