Marko Klisura (Serbiya kirillchasi: Марко Клисура; 1992-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi. Kabel klubida himoyachi sifatida toʻp suradi.

Marko Klisura
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 15-oktyabr 1992-yil (1992-10-15) (31 yosh)
Tavallud joyi Sremska Mitrovica, Yugoslaviya FR
Boʻyi 1.95 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kabel
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Vojvodina
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Sloga Temerin 28 (1)
2012Palić (ijara) 9 (0)
2012 Mladenovac 0 (0)
2013 Cement Beočin 6 (0)
2013—2014 ČSK Čelarevo 25 (2)
2014—2015 Bačka 25 (1)
2015 Novi Pazar 0 (0)
2015 Spartak Subotica 1 (0)
2016—2017 Bačka 49 (2)
2018 Buxoro 4 (1)
Milliy terma jamoa
2017 Serbiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 6-oktyabr uchun)

Asosan chap markaziy himoya oʻynaydi[1]. Oʻng qanot himoyachisi yoki yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi[2]. Klisura baland boʻyli futbolchi boʻlishiga qaramay, faoliyatini yarim himoyachi sifatida boshlagan[3].

Faoliyati tahrir

Sremska Mitrovitsa shahrida tugʻilgan. Voyvodinadagi yoshlar maktabida shugʻullangan[3]. Keyinchalik Sloga Temeringa oʻtgan. Palić, Mladenovac va Cement Beočin klublarida ham qisqa qisqa vaqt oʻynagan. 2013—2014-yilgi mavsumda Čelarevo jamoasida toʻp surgan, 25 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan[4]. 2015-yil yozida Novi Pazarga qoʻshildi[1], biroq u qisqa vaqtdan soʻng klubni tark etdi[5]. 2015-yil yozgi transfer davrining soʻnggi kunida Klisura „Spartak Subotica“ga oʻtdi[2]. 2015—2016-yilgi mavsumning birinchi yarmida „Spartak“ safida bor-yoʻgʻi 1 marta rasmiy oʻyin oʻtkazdi. Keyin esa mavsum tugamasidan klubni tark etdi[6].

Mavsum oraligʻidagi tanaffusda u Bačkaga qaytdi. Klisura Superligadagi ilk golini 2017-yilning 17-mayida Radnik Surdulica klubiga qarshi oʻyinda kiritdi va bu gol oʻyinning yagona goli boʻlib qoldi (1:0). 2017-yil oxirida u Bačka bilan shartnomani oʻzaro bekor qildi va klubni tark etdi[7]. 2018-yilning 17-fevral kuni Klisura Oʻzbekiston Superligasi vakili „Buxoro“ bilan shartnoma imzoladi[8]. Buxoroda 4 oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2018-yilning 19-avgustida u Hindiston Superligasi franchayzi Mumbay City jamoasiga bir yillik shartnoma asosida qo‘shildi[9]. „Mumbay City“dan keyin u yana „Rabotnički“ va „Bačka“ jamoalarida oʻynadi.

2021-yilning 7-fevralida Klisura Bosniya Premyer-ligasining „Mladost Doboj Kakanj“ klubi bilan shartnoma imzoladi[10]. 2021-yil 28-fevralda „Mladost“ safida „NK Široki Brijeg“ga qarshi liga o‘yinida rasmiy debyut qildi[11].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2017-yil boshida Klisura Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slavoljub Muslin tomonidan chaqiruv oldi. 2017-yilning 29-yanvarida[12] AQSHga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jamoada debyut qildi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klubda tahrir

8-iyun, 2018-yil holatiga koʻra[13]
Klublardagi faoliyati Liga Kubok Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
2010—2011 Sloga Temerin Voyvodina Serbiya ligasi 16 1 16 1
2011—2012 12 0 12 0
2011—2012 Palić 9 0 9 0
2012—2013 Cement Beočin 6 0 6 0
2013—2014 ČSK Čelarevo 25 2 25 2
2014—2015 OFK Bačka Serbiya birinchi ligasi 25 1 0 0 25 1
2015—2016 Spartak Subotica Serbiya Superligasi 1 0 0 0 1 0
2015—2016 OFK Bačka Serbiya birinchi ligasi 12 0 0 0 12 0
2016—2017 Serbiya Superligasi 24 1 0 0 24 1
2017—2018 13 1 1 0 14 1
2018 Buxoro Oʻzbekiston Superligasi 4 1 4 1
Jami faoliyati 147 7 1 0 148 7

Terma jamoada tahrir

30-yanvar, 2017-yil[14]
Serbiya
Yil Ishtirok Gollar
2017 1 0
Jami 1 0

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Aškovski, Klisura i Stupić u Novom Pazaru“ (Serbian). radiostoplus.com (2015-yil 9-iyul). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Osam novih igrača“ (Serbian). FK Spartak Subotica official website (2015-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „Marko Klisura, novo“. YouTube (2011-yil 3-avgust). Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.
  4. „Klisura, Marko“ (Serbian). srbijafudbal.com. Qaraldi: 2017-yil 2-mart.
  5. Sa nama su od danas Trtovac i Damjanovic. Sa Klisurom je raskinuta saradnja kojem zelimo sve najbolje u daljoj karijeri. at FK Novi Pazar official facebook page, 31-8-2015 (serbcha)
  6. „Велико спремање у Суботици, раскид са седморицом играча!“ (Serbian). Sportski žurnal (2015-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 19-dekabr.
  7. „"FUDBAL" 51/17, page 2211“ (Serbian). Football Association of Serbia (2017-yil 18-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
  8. „"Бухоро" легионер Марко Клисура билан шартнома имзолади“ (Uzbek). FK Buxoro official website (2018-yil 17-fevral). 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  9. „Mumbai City FC confirm capture of Serbian international Marko Klisura“. Mumbai City FC (2018-yil 19-avgust). Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  10. „(ZVANIČNO) Mladost dovela novog defanzivca“ (bs). sport1.ba (2021-yil 7-fevral). Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.
  11. N.K. „Široki Brijeg golom iz penala u 94. minuti savladao Mladost u gostima“ (bs). Klix.ba (2021-yil 28-fevral). Qaraldi: 2021-yil 28-fevral.
  12. „Фудбалски савез Србије“ (Serbian). Football Association of Serbia (2017-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 17-yanvar.
  13. Marko Klisura Soccerway saytida
  14. „Marko Klisura“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2017-yil 30-yanvar.

Havolalar tahrir