Marko Spittka (1971-yil 22-aprelda Drezdenda tugʻilgan) – nemis dzyudochisi. GDR chempionatlari sovrindori, Germaniya va Yevropa chempionatlari chempioni va sovrindori, jahon chempionati sovrindori,1996-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida yarim yengil vazn toifasida (-86 kg) bronza medali sohibi[1][2].

Marko Spittka

Spittka 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Germaniya Demokratik RespublikasiOlmoniya bayrogʻi Olmoniya
Tavallud sanasi 1971-yil 22-aprel
Drezden, Germaniya
Boʻyi 179 sm
Sport
Mamlakat Olmoniya bayrogʻi Olmoniya
Qaysi sport Dzyudo

Faoliyati

tahrir

Marko Spittka dzyudo sport turi boʻyicha yarim oʻrta vazn (78 kg gacha) va oʻrta (86-90 kg gacha) vazn toifalarida kurash olib borgan. 1989-yil1998-yillarda u besh karra Germaniya chempioni boʻlib, bir marta kumush va ikki marta bronza medali sovrindori boʻlgan. 1998-yilgi dzyudo boʻyicha Yevropa chempionatida oltin, 1992-yilgi chempionatda esa kumush medallarini qoʻlga kiritgan. 1997-yilda jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan[3]. Sidneydagi navbatdagi olimpiada oʻyinlarida esa dastlabki bosqichda medallar uchun kurashni tark etgan.

Manbalar

tahrir
  1. „SPITTKA Marko“. www.ijf.org. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.
  2. „Marko SPITTKA“. www.olympics.com. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.
  3. „Marko Spittka“. www.judoinside.com. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.

Havolalar

tahrir