Markree qal’asi – Collooney shahrida joylashgan qal’a. Bu Cooperlar oilasining ajdodlari qarorgohi boʻlib, Unshin daryosi boʻyida joylashgan. Bugungi kunda bu kichik oilaviy mehmonxonadir.

Markree qal’asi

1830-yillarda Qal’a hududidagi rasadxonada dunyodagi eng katta teleskop mavjud edi. Bugungi kundagi 9-Metis asteroidi, 1840-yillarda Coopers observatoriyasi xodimlari tomonidan topilgan.

Tarixi tahrir

 
1860-yildagi eskiz

1663-yilda Edvard Kuper Kromvel ostida xizmat qilgan va OʻBrien Clani armiyasini magʻlub etganli uchun Kornet Edvard Kuperga XIV asrdagi Markree qal’asi va uning atrofidagi yerlarni tuhfa qildi. Unga qadar Markree Irlandiya Makdonax Clanining mustahkam mudofa qal’ais boʻlib, Unsin daryosi boʻyidagi oʻtish joyini qoʻriqlagan.

Conor OʻBrayen bu jangda vafot etdi va Edvard uning rafiqasi Mary Ruaga (Red Mary) uylandi. Ikki oʻgʻli bilan ular Dromoland qal’asiga yashashga ketishdi. Bir oʻgʻli Donough Dromolandda qoldi, ikkinchisi esa Markreeini meros qilib oldi. Markreei qal’asiga egalik qilgan Cooperlar oilasining oxirgisi avlodidir Charles Cooper edi.

Mamlakat notinch boʻlib qoldi va ingliz qiroli Jamesning taxtni qaytarib olishga urinishi paytida katolik armiyasi Markreei qal’asini egallab oldi. Cooperlar qochishga majbur boʻldilar. 1690-yildagi Boyne jangidan keyin ular qaytib kelishdi. 1920-yillardagi fuqarolar urushi davrida Markreei yana ishgʻol qilingan Irlandiya Erkin Davlat armiyasi tomonidan.

19-asr qal’asi tahrir

 
Qal’aga kirish eshigi

1830-yilda Edward Synge Cooperning(1798-1863) toʻngʻich oʻgʻli polkovnik Edward Joshua Cooper va Bengaliya gubernatori Genri Vansittartning qizi Enn qal’a hududida Markreei rasadxonasini qurdilar. Bir necha yillar davomida Cooperning teleskopi dunyodagi eng katta teleskopi boʻlgan.

„Markreei qal’asidagi janob Cooper rasadxonasi shubhasiz, eng boy jihozlangan xususiy rasadxona hisoblangan. Janob Cooperning oʻzi va uning juda qobiliyatli yordamchisi janob Endryu Gremtomonidan katta faollik ishlari amalga oshirilgan“ (Qirollik Astronomiya Jamiyati 1851)[1].

Observatoriya 1902-yilgacha deputat Edvard Genri Cooperning vafotigacha faoliyat yuritgan.

Baʼzi manbalarga koʻra Cecil Frences Aleksander 1848-yilda u yerda mehmon boʻlganida oʻzining mashhur "Hammasi yorqin va chiroyli" madhiyasini yozgan. Qal’aga 1802-yilda meʼmor Frencis Johnston tomonidan tashqi koʻrinishiga va 1896-yilda ichki qismga baʼzi oʻzgarishlar berilgan.

 
Bogʻ

Ob-havo rekordi tahrir

Irlandiyada eng past havo harorati −19.1 °C (−2.4 °F), 1881-yil 16-yanvarda Markreei qasrida oʻlchangan[2].

20-asr tahrir

Harbiy va siyosatchi Bryan Cooper 1902-yilda otasining vafoti munosabati bilan qasrni meros qilib oldi. 1903- yildan 1930-yilgacha vafotigacha oilasi bilan (Birinchi jahon urushi va siyosiy vazifalarni bajarishdan tashqari) shu yerda yashadi.

Ikkinchi Jahon urushidan keyin qal’ada Bryan va Elizabeth Cooper 1981-yilda vafot etgunga qadar yashagan. Uning oʻgʻli Edward Cooper 1981-yilda bu yerni meros qilib oldi. Kichik oʻgʻli Charlse Cooper 1992-yilda qal’ani mehmonxona sifatida ochgan. U 2015-yilda keng koʻlamli taʼmirlash ishlarini olib borgan va Corscaddenlar oilasiga sotilgan.

Qal’aning restavratsiyasi televizion hujjatli filmda namoyish etildi va yangilangan inshootda mehmonxona va restoran mavjud edi[3].

Hozirgi qal’a tahrir

 
Cooperlar oilasi daraxti

Hozirgi kunda Markreei qal’asi mehmonxona sifatida ishlatilmoqda. Bu yer Charlse va Mary Cooper tomonidan boshqariladi. 2015-yilda u nihoyat yer egalari almashdi. Hozirda Corscaddenlar oilasi tomonidan boshqariladi. Shuningdek ular Cavandagi Cabra Castle Hotel, Kerrydagi Ballyseede Castle Hotel va Louthdagi Bellingham qal’alariga egalik qilishadi[4].


Kirishda monumental zinapoya mavjud boʻlib, u ajoyib zalga olib boradi. U yerdan oʻyilgan yogʻochdan yasalgan ikkinchi zinapoya 30 xonali mehmonxonasiga olib boradi. Qal’a ichida ulkan vitrajli oyna boʻlib u Viktoriya davridan Qirol John davrigacha boʻlgan Cooperlar oilasi daraxti tasvirlangan. Ovqatlanish xonasi Lui Filipp uslubidagi gips bilan bezatilgan.

Yana qarang tahrir

  • Markri rasadxonasi

Manbalar tahrir

  1. Monthly Notices of the Royal Astronomical Society, volume 11, page 104 – 105, 1851
  2. MET ÉIREANN. 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  3. „Markree Castle Restoration“ (en). RTÉ Archives. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  4. Bodkin, Peter. „This Sligo castle has changed hands for the first time since Oliver Cromwell“. TheJournal (2015-yil 8-iyun). Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.

Havolalar tahrir