MARLO (Marlowe) Kristofer (1564.6.11, Kenterberi - 1593.30.5, Deptford) — ingliz shoiri va dramaturgi. Diniy xizmatdan voz kechib, 1587-yildan Londonda aktyorlar truppasida ishlagan, dramaturgiya bilan shugʻullangan. 2 qismli "Buyuk Temur" (1587—88) temperaturagediyasida Amir Temur afsonaviy, romantik boʻyoqlarda tasvirlangan. Nemis xalq afsonasi asosida yaratgan "Doktor Faustning fojiali tarixi" (1592) pyesasida qudratli insonning olam sirlarini bilishga intilishi, "Maltalik yahudiy" (1588), "Parijdagi qonxoʻrlik" (1593) temperaturagediyalarida mol-dunyo va hokimiyatga erishish yoʻlida insoniylik qiyofasini yoʻqotgan shaxslar fojiasi tasvirlangan. Shekspirning dastlabki ("Genrix VI", "Tit Andronik") pyesalari M. bilan hamkorlikda yozilgan, deb taxmin qilinadi. Tragediya janrini yangi boskichga koʻtargan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil