Marmelad (frans. marmelade, por-tugalcha marmelo — behi) — jelesimon shirinlik; rezavor-meva aralashmali pyure, shakar, patoka, agar (yoki pektin), oziq-ovqat kislotalari, xushboʻy va boʻyoq moddalari qoʻshib qaynatib tayyorlanadi. Mevali va jeleli xillari bor. Mevali M. meva, asosan, olma pyuresini shakar va qiyomga qoʻshib qaynatib tayyorlanadi. Masalliq vakuum-apparatda yoki ochiq qozonda pishiriladi, pishishiga 1—2 min. kolganda unga qiyom qoʻshiladi. Hosil boʻlgan massaga tegishli kislota, boʻyoq moddalari, efir moylari va essensiya qoʻshiladi. Massani yaxshilab aralashtirib, qoliplarga quyiladi; massa 30—45 min.da qotadi, soʻngra namligi 22—25% boʻlguncha quritiladi. Jeleli M. tarkibida jele hosil qiluvchi oʻsimlik moddalar (mas, agar) boʻladi. Shakddor qoliplarga quyiladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil