Marosim qoʻshiqlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Marosim qoʻshiqlari - musiqiy folklorupttning asosiy va qadimiy turlaridan sanaladi. Turli mehnat, oilaviy, diniy va boshqa marosimlar jarayonida ijro etiladigan qoʻshiqlar mavsum-marosim qo‘shiqlari sirasiga kiradi. Marosim qoʻshiqlarining matni, asosan, xalq toʻrtliklari va baytlaridan iborat boʻlib, shakli band yoki band-naqarot xususiyatlariga ega boʻladi. Marosim qoʻshiqlari har bir marosimning ichki gʻoyasi va mazmunini sheʼr va kuy-ohanglarning mushtarakligida badiiy ifodalab, tadbir qatnashchilarining ruhiy holatiga taʼsir oʻtkazadi. Oʻzbek xalq musiqa ijodida mavsum-marosim qoʻshiqlaridan "Boychechak", "Sust xotin", "Lola", "Sumalak", "Qoʻsh" va b; oilaviy Marosim qoʻshiqlaridan Alla, "Yor-yor", Oʻlan, Marsiya kabilar; diniy aytimlardan "Kitobxonlik", "Zikr", "Ramazon"; tabobat qoʻshiqlaridan "Koʻch", "Dam solish" va boshqalar hozirgacha saqlanib qolgan. Marosim qoʻshiqlari koʻpchilik bo‘lib ("Beshqarsak", "Naqsh", "Yor-yor"), yakka holda ("Alla", "Kelin salom") hamda aytishuv tarzida (lapar va boshqalar) ijro etiladi. Hozirgi davrda baʼzi marosim qoʻshiqlari bolalar tomonidan davra o‘yinlari sifatida("Oq terakmi, koʻk terak", "Yomgʻir yogʻaloq" kabilar) ham ijro etilmoqda.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |