Marsh (musiqada) – tantanali yurish, qoʻshinlarning saf tortib yurishi kabi jarayonlarda ijro etishga moʻljallangan musiqa janri. Shaxdam usuli, qadam tashlash surʼati, asosan, 2/4, 4/4, 3/4 oʻlchovi bilan belgilanadi. Harbiy yoki ommaviy yurishda odamlarning baravar qadam tashlashiga joʻr boʻlib, ularga tantanavor kayfiyat bagʻishlaydi. Yuz yillik urush davrida Fransiya va Angliyada, 15-asrda Germaniyada motam M. hamda tantanavor M. shakllarida paydo boʻlgan. M. asarlarining mazmuni va xususiyatlari muayyan davrning tarixiy sharoitiga, milliy musiqa anʼanalariga qarab farqlanadi. M. janri rivojining ilk davrlaridanoq xususiy chegaradan chiqib, ommabop konsert musiqasi, keyinchalik professional musiqa janrlari (opera, balet, simfoniya va boshqalar) tarkibidan oʻrin olgan. Natijada, yurish M.i qatorida konsert M.i, qoʻshiq – M. va boshqa vujudga kelgan. Hozirda M. harbiy muyesha janri sifatida puflama sozlar orkestrlar repertuaridan katta oʻrin olgan. Oʻzbek xalqi musiqa merosida „Buxorocha M.“, „Qoʻqon M.i“, „Askarlar M.i“, „Sarbozcha“ kabi harbiy M.lar tarqalgan. M. uslubida Hamza, T. Jalilov, Yu. Rajabiy, Matyusuf Harratov, F. Sodiqov, I. Ikromov va boshqa bastakorlar ommaviy M.lar yaratgan. Kompozitorlardan T. Sodiqov, S. Yuda-kov, M. Burhonov, M. Ashrafiy, M. Leviyev, D. Zokirov, F. Qodirov, P. Xoliqov, P. Makarov, Habibulla Raximov va boshqa ijodida M.ning turli namunalari mavjud.

Olga Nikolskaya.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil