Marso Marsel (1923.22.3, Strasburg , Fransiya) — pantomima sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan fransuz mim aktyori. 1940-yillarda Sara Bernar teatri qoshidagi dramatik studi-yada aktyorlik mahoratidan taʼlim olgan, keyinroq Sh. Dyullen va E. Dekru kabi sahna ustalaridan pantomima sirlarini oʻrgangan. 1947-yil Parijda "Mimlar hamdoʻstligi" truppasini tashkil etib, 1960-yilgacha unga rahbarlik qilgan. Oʻrta asrlardagi "Komediya del arte" teatri qahramoni Pyero va Charli Chaplin taʼsirida yaratilgan Bip obrazi orqali bir qancha pantomimik spektakllar ("Bip-sport qiroli", "Bip — skripkachi", "Bip — hayvon urgatuvchi", "Parij yigʻlamoqda", "Parij kulmoqda", "Yarmarka", "Rassom" va boshqalar) yaratdi. "Oʻspirinlik, yetuklik, qarilik, oʻlim" nomli miniatyurasi bilan mashhurligi yanada oshdi. M. ijodi mim sanʼati anʼanalarini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi, chuqur insoniy haqiqat bilan sugʻorilganligi, fikr oʻtkirligi, yorqin obrazlar umumlashmasi bilan ajralib turadi. 1978-yil Parijda pantomima maktabini tashkil etdi va hozirgacha unga rahbarlik qilib kelmoqda. Pantomima tarixi va nazariyasiga oid kitoblar muallifi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil