Marten poʻlati — marten pechida marten choʻyani, temirtersak va temir rudasidan eritib olinadigan poʻlat. Tarkibida oltingugurt (S) — 0,010 — 0,040%, fosfor (R) - 0,010 -0,040%, nitrogen (N), - 0,003 - 0,008% boʻladi. Pechda eritib olish usuliga koʻra, kislota harakterli va asos harakterli xillarga boʻlinadi; kimyoviy tarkibi boʻyicha — uglerodli, kam legirlangan poʻlat va legirlangan poʻlat kabi xillari bor. Marten poʻlatidan shesternyalar, vallar, prujinalar, ressorlar va h. k. tayyorlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil