Martha M. Place
Martha M. Place (talaffuzi: Marta M. Pleys 1849-yil 18-sentabr — 1899-yil 20-mart) — elektr stulda qatl etilgan birinchi ayol. U 1899-yil 20-martda 49 yoshida oʻgay qizi Ida Paceni oʻldirgani uchun qatl etilgan.
Martha M. Place | |
---|---|
Tavalludi |
18-sentyabr 1849-yil |
Vafoti |
20-mart 1899-yil Sing-Sing, New York |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Jinoyatchi |
Biografiyasi
tahrirNyu-Jersi shtatida tugʻilgan Marta Pleys 23 yoshida chanaga urilib, boshidan jarohat oladi. Uning akasi singlisi toʻliq tuzalmaganini va ruhiy jihatdan beqaror qolganini aytgan. U 1893-yilda beva qolgan Uilyam Pleysga turmushga chiqqan. Erining oldingi turmushidan Ida ismli qizi bor edi. U Martaga qizini tarbiyalashda yordam berish uchun uylangan edi. Lekin keyinchalik Marta Idaga hasad qilgani haqida mish-mishlar tarqaladi. Uilyam xotinini Idani oʻldirish bilan tahdid qilganini va uni hibsga olishlarni soʻrab, bir necha bor marta politsiyaga qoʻngʻiroq qilgan.
1898-yil 7-fevral kuni kechqurun Uilyam Pleys Bruklindagi uyiga kelib , bolta bilan qurollangan Marta tomonidan hujumga uchraydi. Uilyam bir amallab uydan chiqib yordam soʻrab politsiya idorasiga yuguradi. Politsiyachilar bilan uyga yetib kelgach, Martani ogʻir ahvolda, kiyimini boʻynidan oʻrab, oʻzini osmoqchi boʻlgan holda topishadi. Bu paytda xonani gaz hidi qoplab bormoqda edi, Yuqori qavatda ular karavotda yotgan 17 yoshli Ida Pleysning jasadini topadilar. Uning ogʻzi qonga botgan, koʻziga kislota quyilgan edi. Keyinchalik uning asfiksiyadan vafot etgani isbotlangan. Marta Pleys kasalxonaga yotqizilib hibsga olingan[1].
Marta Pleys oʻzining aybsizligini aytgan. Bir gazeta xabarida sudlanuvchi quyidagicha tasvirlangan:
"U ancha uzun bo'yli, rangi oqishroq, o'tkir yuzli. Burni uzun va qirrali, iyagi o'tkir va chiqib turadigan, lablari ingichka, peshonasi ichiga botib ketgan. Uning yuzida kalamushni eslatuvchi narsa bor va uning yorqin, o'zgarmas ko'zlari taassurotni kuchaytiradi. ”
Marta Pleys Idaning qotilligida ayblanib, oʻlimga hukm qilindi. Uning eri unga qarshi eng asosiy guvoh edi.
Hukmni bajarish uchun mas’ul boʻlgan shaxslar hech qachon ayolni bunday tarzda qatl qilmagan edilar. Shuning uchun ular uning tanasiga elektrodlar ulashning yangi usulini oʻylab topishdi. Milliy politsiya gazetasiga koʻra, uni kameraga olib kirishayotganda qoʻlida Injil bor edi. „Uning koʻzlari yumilgan, egnida jingalak qora koʻylak kiygan edi. Uning oyoqlarida shippak bor edi“. Boshning tepa qismidagi sochlar qirqib tashlangan va u yerda bosh elektrodi biriktirilgan. Koʻylagini kesib toʻpiqqa yana bir elektrod biriktirilgan. Uning tanasidan 1760 voltlik zaryad oʻtdi va „qatl muvaffaqiyatli yakunlandi“.
Uni qatl qilgan inson Edvin Devis edi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, Marta bir zumda vafot etgan. Nyu-York gubernatori Teodor Ruzveltdan uni qatl qilmaslikni soʻrashgan, lekin u bu talabni rad etgan. Marta Pleys Sharqiy Milstondagi oilaviy qabristonga diniy marosimlarsiz dafn etilgan.
Garchi u elektr stulda qatl etilgan birinchi ayol boʻlsa-da, u bunday qatl jazosiga hukm qilingan birinchi ayol emas edi: Mariya Barbella ham unga hukm qilingan, keyinroq oʻz jinoyati uchun oqlangan va ozod qilingan.
Yana shuningdek
tahrir- AQShda oʻlim jazosi
- Braunrigg, Elizabet
Manbalar
tahrir- ↑ Reports of Cases By New York (State). Court of Appeals, CA Dist Courts of Appeal, New York (State) NY, Harvard University v.157 1899
Foydalanilgan adabiyotlar
tahrir- Penalty Is Death : U.S. Newspaper Coverage of Women's Executions. Columbia, MO, USA: {University of Missouri Press}}.