Theodore Roosevelt
Theodore Roosevelt Jr. (talaffuzi: Teodor Ruzvelt kichik; 1858-yil 27-oktyabr – 1919-yil 6-yanvar) – amerikalik siyosatchi, davlat arbobi, naturalist, tarixchi va yozuvchi; Nyu-York shtatining 33-gubernatori (1899–1900); AQShning 25-vitse-prezidenti (1901); AQShning 26-prezidenti (1901–1909). Respublikachilar partiyasidan boʻlgan Roosevelt Lotin Amerikasiga nisbatan bosqinchilik siyosati olib borgan („katta toʻqmoq“ siyosati, 1906–1909-yillarda Kubani okkupatsiya qilinishi, Panama kanali zonasining egallab olinishi va boshqalar). 1904–1905-yillardagi rus-yapon urushi davrida Roosevelt hukumati Yaponiyani qoʻllab-quvvatlagan. Portsmouth sulhini imzolanishidagi xizmatlari tufayli xalqaro Nobel tinchlik mukofotini olgan (1906).
Theodore Roosevelt | |
---|---|
Rasmiy portret (tax. 1904) | |
26-Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti | |
Mansab davri 1901-yil 14-sentyabr – 1909-yil 4-mart | |
Vitse-prezident |
|
Oʻtmishdoshi | William McKinley |
Vorisi | William Howard Taft |
25-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti | |
Mansab davri 1901-yil 4-mart – 1901-yil 14-sentyabr | |
Prezident | William McKinley |
Oʻtmishdoshi | Garret Hobart |
Vorisi | Charles W. Fairbanks |
33-Nyu-York shtati gubernatori | |
Mansab davri 1899-yil 1-yanvar – 1900-yil 31-dekabr | |
Oʻtmishdoshi | Frank S. Black |
Vorisi | Benjamin Barker Odell Jr. |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Theodore Roosevelt Jr. 27-oktyabr 1858-yil Nyu-York shahri, AQSh[1] |
Vafoti |
6-yanvar 1919-yil (60 yoshda) Oyster Bay, Nyu-York, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar (1880–1912, 1916–1919) |
Boʻyi | 179 sm |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | Alice Lee Roosevelt, Theodore Roosevelt Jr., Kermit Roosevelt, Ethel Roosevelt Derby, Archibald Roosevelt, Quentin Roosevelt |
Ota-onasi |
|
Taʼlim |
|
Kasbi |
|
Imzosi |
Roosevelt bolaligida nimjon boʻlib, astma bilan ogʻrigan. Sogʻligi bilan bogʻliq muammolar tufayli asosan uyda taʼlim olgan. 1976–1980-yillarda Harvard universitetida oʻqishni davom ettirgan. „The Naval War of 1812“ (1882) asari ortidan oʻqimishli tarixchi va taniqli yozuvchi sifatida obroʻ-eʼtibor qozongan. 1881-yilda siyosatga kirib kelib, qisqa muddatda Nyu-York shtati legislaturasida Respublikachilar fraksiyasi lideriga aylangan. Birinchi xotini va onasining bir kechada vafot etishi Rooseveltni ruhiy jihatdan tushkunlikka solib qoʻygan. Dakotasda chorvachilik ranchosini sotib olib, maʼlum muddat yurgizishi unga ruhiy tushkunlikdan xalos boʻlishiga yordam bergan. Roosevelt prezident William McKinley davrida dengiz floti kotibining yordamchisi boʻlib ishlagan hamda 1898-yilda Ispaniyaga qarshi dengiz urushini rejalashtirishga hissa qoʻshgan. Amaldagi lavozimidan Kubada ispan armiyasiga qarshi jang qilgan „Rough Riders“ (tarjimasi „Toʻng chavandozlar“) boʻlinmasiga rahbarlik qilish maqsadida isteʼfoga chiqqan. Roosevelt urushdan qahramon sifatida qaytib kelib, 1898-yilda Nyu-York gubernatori etib saylangan. 1900-yilgi prezidentlik saylovida McKinley va Roosevelt mos ravishda prezident va vitse-prezident lavozimlariga nomzod boʻlgan. Saylovda McKinley Demokratlar partiyasidan nomzod William Jennings Bryan ustidan gʻalaba qozongan.
Manbalar
tahrir- ↑ Morris 1979, s. 3.
Adabiyotlar
tahrir- Morris, Edmund. The Rise of Theodore Roosevelt. Coward, McCann & Geoghegan, 1979. ISBN 978-0-698-10783-0.
Havolalar
tahrirVikiomborda Theodore Roosevelt haqida turkum mavjud |
- „Theodore Roosevelt hayoti“ — C-SPANʼs American Presidents: Life Portraits, 3-sentyabr 1999-yil (inglizcha)
- „Theodore Rooseveltning yozma asarlari“ — C-SPANʼs American Writers: A Journey Through History (inglizcha)
- Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi. „Theodore Roosevelt (id: R000429)“ (en). Biographical Directory of the United States Congress.
- Theodore Roosevelt (Wayback Machine saytida 2021-05-01 sanasida arxivlangan) (inglizcha)
- Theodore Roosevelt – Kongress kutubxonasi (inglizcha)
- Theodore Roosevelt Curlie katalogida
- Theodore Roosevelt IMDbda