Martin Linnes (talaffuzi: Martin Lines; 1991-yil 20-sentyabrda Norvegiyaning Kongsvinger shahrida tugʻilgan) — norvegiyalik futbolchi, „Galatasaray“ futbol klubi va Norvegiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Martin Linnes
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Martin Linnes
Tavallud sanasi 20-sentyabr 1991-yil (1991-09-20) (32 yosh)
Tavallud joyi Sander, Norvegiya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Molde
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sander
Kongsvinger
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2011 Kongsvinger 41 (1)
2012—2016 Molde 104 (11)
2016—2021 Galatasaray 101 (2)
2021— Molde 33 (4)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Norvegiya U21 7 (0)
2013— Norvegiya 29 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 17-oktyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Martin Linnes oʻz shahrining „Kongsvinger“ futbol klubi bitiruvchisi. 2010-yilning 5-mayida Martin Linnes Tippeligdagi debyutini „Sandefjord“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[1]. Mavsum oxirida klub „Superettan“ futbol klubiga oʻtgan. 2011-yil 26-iyunda „Brunet“ futbol klubiga qarshi bahsda u klub uchun birinchi golini urgan[2].

2012-yil boshida Martin Linnes „Molde“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 23-mart kuni „Strømsgodset“ futbol klubiga qarshi bahsda u yangi jamoada debyut qilgan[3]. 4-avgust kuni „Sogndal“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Martin Linnes „Molde“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[4]. Klub bilan u ikki marta chempionlikni va Norvegiya kubogini qoʻlga kiritgan. 17-sentyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Turkiyaning „Fenerbahçe“ jamoasiga qarshi o‘yinda Martin Linnes gollardan birini kiritgan[5].

2016-yilning 9-yanvarida Martin Linnes Turkiyaning „Galatasaray“ futbol klubiga o‘tgan. Shartnoma uch yarim yil muddatga imzolangan[6]. 19-yanvar kuni Turkiya kubogi doirasida „Akhisar Belediyespor“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasi safida debyut qilgan[7].

Xalqaro faoliyati tahrir

2013-yil iyun oyida Martin Linnes yoshlar jamoasining Isroilda boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga daʼvogarligiga kiritilgan[8][9]. Turnirda u Isroil, Angliya va Italiya yoshlar terma jamoasiga qarshi bahslarda qatnashgan[10].

Oʻsha yilning 15-noyabrida Daniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Martin Linnes Norvegiya terma jamoasida Umar Elabdellaui oʻrniga maydonga tushgan[11]. 2017-yilning 5-oktyabr kuni JCh-2018 saralashida San-Marinoga qarshi o‘yinda Martin Linnes terma jamoa safidagi ilk golini urgan[12].

Statistikasi tahrir

Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevropa kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Kongsvinger 2010 15 0 3 0 18 0
2011 26 1 3 0 29 1
Jami 41 1 6 0 47 1
Molde 2012 24 1 3 0 8 0 35 1
2013 24 4 6 1 4 1 34 6
2014 28 4 6 0 4 0 38 4
2015 28 2 2 0 11 1 41 3
Jami 104 11 17 1 27 2 0 0 148 14
Galatasaray 2015—2016 10 0 7 0 0 0 17 0
2016—2017 18 0 7 1 1 0 1 0 27 1
2017—2018 20 0 6 0 2 0 28 0
2018—2019 19 2 7 2 6 0 1 0 33 4
2019—2020 12 0 4 0 16 0
2020—2021 22 0 1 0 3 0 26 0
Jami 101 2 32 3 12 0 2 0 147 5
Molde 2021 11 0 0 0 0 0 11 0
2022 22 4 5 2 10 1 37 7
Jami 33 4 5 2 10 1 0 0 48 7
Umumiy faoliyatida 279 18 60 6 49 3 2 0 390 27

Manbalar tahrir

  1. „Саннефьорд VS. Конгсвингер 0:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 5-may). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  2. „Брюне VS. Конгсвингер 0:2“ (ru). soccerway.com (2011-yil 26-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  3. „Мольде VS. Стрёмсгодсет 2:1“ (ru). soccerway.com (2012-yil 23-mart). 2018-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  4. „Мольде VS. Согндал 2:1“ (ru). soccerway.com (2012-yil 4-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  5. „Фенербахче VS. Мольде 1:3“ (ru). soccerway.com (2015-yil 17-sentyabr). 2015-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr.
  6. „Martin Linnes, Galatasaray'da“ (tr). NTV Sport (2016-yil 9-yanvar). 2016-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-yanvar.
  7. „Акхисар Беледиеспор VS. Галатасарай 1:1“ (ru). soccerway.com (2016-yil 19-yanvar). 2016-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  8. „Италия (до 21) VS. Норвегия (до 21) 1:3“ (ru). soccerway.com (2013-yil 8-iyun). 2014-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  9. „Израиль (до 21) VS. Норвегия (до 21) 2:2“ (ru). soccerway.com (2013-yil 5-iyun). 2014-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  10. „Норвегия (до 21) VS. Италия (до 21) 1:1“ (ru). soccerway.com (2013-yil 11-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  11. „Словения 08 VS. Норвегия 3:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 11-oktyabr). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  12. „Сан-Марино VS. Норвегия 0:8“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-oktyabr). 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-oktyabr.