Marylouise Burke

amerikalik aktrisa

Marylouise Burke — amerikalik aktrisa. Uning rollari orasida eng mashhurlaridan biri 2004-yilda suratga olingan Alexander Payne suratga olgan „Sideways“ filmi boʻlib, unda u bosh qahramonning onasi Phyliis rolini gavdalantirgan. U teatr sahnalaridagi rollari uchun 1999-yilda „Fuddy Meers“ pyessasidagi ishtiroki orqali „Pyesadagi taniqli aktrisa“ nominatsiyada Drama Desk mukofotini qoʻlga kiritadi. Aktrisa 2003-yilda Kimberly Akimbo sahna koʻrinishida „Pyesadagi eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Drama Desk mukofotiga loyiq koʻriladi. U shuningdek, 2002-yilda Broadwayda „Into the Woods“ pyessasining jonlanishida Jackning onasi rolini ijro etgan.

Marylouise Burke
Fayl:Marylouise Burke.jpg
Tavalludi 20-yanvar 1941
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1991—hozirgacha
Veb-sayti Marylouise Burke IMDbda

Biografiyasi tahrir

Burke Pensilvaniya shtatining Steelton shahrida tugʻilib oʻsgan. Lebanon Valley kollejida (Annville, Pensilvaniya) tahsil olgan va Viskonsin universitetida ingliz adabiyoti boʻyicha magistr darajasiga erishgan. U nusxa koʻchirish muharriri va tadqiqotchi yordamchisi boʻlib ishlagandan soʻng, 32-yoshida New York shahriga koʻchib oʻtadi[1].

Sahnalarda tahrir

Burke Broadwayda 1996-yilda „Inherit the Wind“, 2002-yilda „Into the Woods“ filmida Jackning onasi sifatida paydo boʻlgan. 2007-yilda Is He Dead? kartinasida, 2015-yilda „Fish in the Dark“da 2018—19-yillarda „True West[2].

U koʻplab Off-Broadway spektakllarida ishtirok etgan[3]. U 2015-yil oktabr oyida ochilgan Manhattan teatr klubining 1-bosqichida David Lindsay-Abairening Ripcord spektaklida paydo boʻladi[4]. Bu Lindsay-Abairening u ishtirok etgan toʻrtinchi spektakli hisoblanadi.

U ilk marta 1981-yil oktabr oyida Martinika teatrida Geynrix fon Kleystning The Broken Pitcher filmida paydo boʻlgan[5]. Aktrisa 1999-yil noyabr oyida Manhattan teatr klubining 2-bosqichida ochilgan Fuddy Meersda „Gertie“ rolini ijro etadi. U 2001-yilda Manhattan teatr klubining 1-bosqichida David Lindsay-Abaire tomonidan yozilgan Wonder of the World pyessasida paydo boʻladi.

Filmlari tahrir

Burke „Meet Joe Black“ (1998) filmida Lillian rolini hamda 2004-yilda „Sideways“ filmida Milesning onasi rolini oʻynagan[6]. U 2005-yilda „Baxter“ filmida Delores rolini ijro etadi. Aktrisa 2014-yilda „Wild Canaries“ filmida Sylvia obrazini ham gavdalantirgan. 2020-yilda u Netflix suratga olgan serial Ozarkda Marty va Wendy Byrdening buzuq nikoh terapevti Sue Shelby rolida koʻrinish beradi.

Reklama roligi va mashhur mem tahrir

Burke 2014-yilda Esurance uchun „Beatrice[7] nomli reklama roligida rol ijro etgan. Aktrisaning satrlaridan biri mashhur memga aylandi: „Thatʼs not how it works. Thatʼs not how any of this works“ (tarjimasi: Bu uning qanday ishlashi emas, bu uning hech qanday ishlash koʻrinisha mos kelmaydi.)

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1994 Angie Fern
1995 Jeffrey Aunt Phyllis
1997 Hudson River Blues Drena
1998 Celebrity Father Gladdenʼs Fan on Porch
1998 One True Thing Louisa
1998 Meet Joe Black Lilian
1999 Bringing Out the Dead Neighbor Woman
2000 Urbania Yvette — The Poodle Lady
2001 Diary of a City Priest Sister Grace
2001 Series 7: The Contenders Connie
2002 Martin & Orloff Mrs. Flam
2003 Mona Lisa Smile President Jocelyn Carr’s Secretary ankredited
2004 King of the Corner Helen
2004 Sideways Miles’s Mother
2005 The Baxter Delores
2005 Pizza Aunt Grandma
2005 Must Love Dogs Aunt Eileen
2006 A Prairie Home Companion Lunch Lady
2006 Things That Hang from Trees Joan Kayser
2006 Ira & Abby Janice
2007 The Warrior Class Madge
2007 The Cake Eaters Babe
2008 We Pedal Uphill Linda
2008 Doubt Mrs. Deakins
2009 I Love You Phillip Morris Barbara Bascombe
2010 Rabbit Hole Librarian
2010 An Invisible Sign Ms. Gelband
2012 That's What She Said Phyllis
2012 Sleepwalk with Me Aunt Lucille
2012 See Girl Run Grandma
2014 Wild Canaries Sylvia
2016 The Comedian Adele

Televizion rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1991, 1997 Law & Order Mrs. Collins / Estelle 2ta epizod
2001 Amy & Isabelle Arlene Televizion film
2003 Hope & Faith Nurse Sally Epizod: „Summary Judgement“
2003 Law & Order: Special Victims Unit Curious Woman Epizod: „Serendipity“
2004 My Sexiest Mistake Carol Televizion film
2007 The Mastersons of Manhattan Rosemary Finley Televizion film
2008 As the World Turns Sally Epizod: #1.13268
2008 Fringe Flora Meegar Epizod: „Power Hungry“
2009 30 Rock Mom Epizod: „St. Valentineʼs Day“
2009-2010 Hung Jessicaʼs Mother / Lottie 11ta epizod
2012 Delocated Janeane Epizod: „Camping“
2014 Baby Daddy Mrs. Curtis Epizod: „Lifeʼs a Beach“
2014 Alpha House Betty Mower 4ta epizod
2015 Flesh and Bone Betty 2ta epizod
2016 The Mysteries of Laura Mrs. Delvecchio Epizod: „The Mystery of the Dark Heart“
2016 Crisis in Six Scenes Lucy 3ta epizod
2016 The Affair Donna Episode: #3.1
2017 The Mist Anna 2ta epizod
2017 Longmire Beverly 3ta epizod
2018 Instinct Ana Epizod: „Long Shot“
2019 Happy! Nun Epizod: „Some Girls Need a Lot of Repenting“
2019 This Close Hollis Epizod: „No Place Like Home“
2019-2020 Prodigal Son Matilda Watkins 2ta epizod
2020 New Amsterdam Adele Eisenbaum 3ta epizod
2020 Ozark Sue Shelby 5ta epizod
2020 I Know This Much Is True Librarian Epizod: „One“
2021 The Blacklist Paula Carter 3 epizod
TBA Constance Cooks Bettie Pogue Epizod: „Bitter Melons“

Manbalar tahrir

  1. Horwitz, Simi. „Marylouise Burke Takes on Another Character Role in 'Rx'“, backstage.com, February 2, 2012.
  2. „Marylouise Burke Broadway Productions and Awards“ playbillvault.com; accessed October 26, 2015.
  3. „Marylouise Burke Off-Broadway“ (Wayback Machine saytida 8-oktabr 2015-yil sanasida arxivlangan) lortel.org, accessed October 26, 2015
  4. McCall, Tulis. „Review. 'Ripcord'“, newyorktheatreguide.com, October 21, 2015.
  5. „'The Broken Pitcher' 1981“ (Wayback Machine saytida 3-aprel 2015-yil sanasida arxivlangan) lortel.org, accessed October 26, 2015
  6. „'Sideways' Production“, allmovie.com; accessed October 27, 2015.
  7. „Five Burning Questions with True West Star Marylouise Burke“.

Havolalar tahrir