Masai (maasai) — Keniya va Tanzaniyadagi nilotlar guruhiga mansub xalq. 670 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Masai tilida soʻzlashadi. Anʼanaviy diniy eʼtiqodlar saqdangan. Koʻchmanchi chorvadorlik, asalarichilik, ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullanadilar. M.larning ayrim guruxlarigina (kvavi, arusha) past nazar bilan qaraladigan dehqonchilik bilan band.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil