Masharif Bakiyev

oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor

Masharif Roʻzmetovich Bakiyev (1947-yil 5-iyul, Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Masharif Bakiyev
Tavalludi 5-iyul 1947-yil (1947-07-05) (76 yosh)
Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Masharif Bakiyev 1947-yil 5-iyulda Qoʻshkoʻpir tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1964-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutiga oʻqishga kirib, 1969-yilda „Gidrotexnika qurilishi“ fakultetini bitirgan. Muhandis gidrotexnik. 1969—1973- yillarda aspiranturada tahsil oldi. 1971—1972-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. 1973-yilda Gidrotexnika inshootlari kafedrasi assistenti lavozimiga ishga qabul qilingan. 1974-yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1975—1980-yillari gidrotexnika qurilishi fakulteti dekani muovini vazifasida ishlagan. 1980—1981-yillarda Moskva shahrida Maxsus chet tillar kursida oʻqigan, 1981—1984-yillar Mali Respublikasida xizmat safarida boʻlgan va Politexnika qishloq xoʻjalik institutida Gidrotexnika fanidan fransuz tilida dars bergan. Shu davrda institut talabalari uchun fransuz tilida „Ouvrages hydrotechniques“ darsligini chop qilgan. 1992—yilda professor ilmiy unvoni berilgan va shu yili Moskva shahrida doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan. Institutda Gidrotexnika qurilishi fakulteti partiya byurosi raisi, institut partiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlib faoliyat koʻrsatdi. 1985-1992—yillarda Gidravlik izlanishlar xalqaro assotsiatsiyasi (MAGI) milliy qoʻmitasi aʼzosi, 1992—2011-yillarda Moskva davlat universiteti qoshidagi MDH davlatlararo ilmiy-koordinatsiya kengashi aʼzosi, 1993—2000-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengash ilmiy kotibi, 1998—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi texnik ekspert kengashi aʼzosi, 1999—2015- yillarda „Davsuvxoʻjaliknazorat“ inspeksiyasi ekspert kengashi ekspert guruhi aʼzosi, 2000—2005-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi birlashgan ixtisoslashgan kengash raisi, 2005-yildan ushbu institut qoshidagi birlashgan ixtisoslashgan kengash aʼzosi boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2000—2003-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining „Magistratura“ boʻlimi boshligʻi, 2003—2004-yillarda „Magistratura“ fakulteti dekani, 2004—2008-yillarda „Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish“ fakulteti dekani, 2004—2014-yillarda „Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konstruksiyalari“ kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2017-yildan yana „Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konstruksiyalari“ kafedrasi mudiri[1].

Oilasi tahrir

Oilali, 3 nafar farzandi bor. Turmush oʻrtogʻi Polvonova Raʼno oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“[2], ikkinchi darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni sohibi[3], Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi va „Xalq talimi fidoyisi“ koʻkrak nishonlari sovrindori[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

500 dan ortiq ilmiy ish chop ettirgan, shu jumladan fransuz tilida „Gidrotexnika inshootlari“ darsligi, 15 ta darslik va 12 ta oʻquv qoʻllanmasi, 7 ta monografiya, 6 ta maʼruzalar toʻplami, 6 ta mualliflik guvohnomasi, 7 ta patent, 14 ta Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tavsiyanomalar, 42ta chet el jurnallaridagi maqolalar. „Gidrotexnika inshootlari“ darsligi „Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi“ Respublika tanlovida II oʻrin (2009), „Gidrotexnika inshootlarini loyihalash“ oʻquv qoʻllanmasi I oʻrin (2015) bilan taqdirlangan. 2023-yilda 3 tomlik Gidrotexnika inshootlari darsligi chop qilindi. 1994-yilda „Suv xoʻjaligi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, 1998-yilda „Shuhrat“ medali[4], Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 va 25 yilligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi 25 va 30 yilligi koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan. 2000-yilda unga „Qoraqolpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ faxriy unvoni berilgan[1].

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE

Havolalar tahrir