Mashina soʻzi - EHM ning operativ xotira qurilmasida saqlanadigan va mashina qurilmalari bilan ishlashda kod guruhi (soʻz) sifatida kabul qilinadigan raqamlar, harflar va boshqa timsollar majmui. Mashina soʻzi EHM uchun ax-borot oʻlchovi (birligi) vazifasini oʻtaydi. Bu birlik sonlar, harfli va harfraqamli maʼlumotlar, buyruklar shaklida boʻlishi mumkin. Mashina soʻzi oʻzaro bogʻlangan va raqamlangan razryadlardan tashkil topadi. Shu razryadlar soni Mashina soʻzi uzunligini belgilaydi. Mashina soʻzi uzunligi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas boʻlishi mumkin. Uzunligi oʻzgaruvchan M. yeda mashina xotirasidan toʻliqroq foydalaniladi. Mashina xotirasining bir uyasida bir nechta Mashina soʻzi joylashishi mumkin.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil