Mashriq (arab.) — 1) dunyoning toʻrt tomonidan biri, sharq, kunchiqar tomon, sharqiy oʻlkalar; 2) Arab Sharqining nomi, Xuroson va Movarounnahr ham baʼzi tarixiy adabiyotlarda M. deb atalgan; 3) Arabiston ya. o.dagi togʻ; 4) Yamandagi viloyat; 5) Mashriq mamlakatlari — Sharq mamlakatlari. Mashrikdan magʻribgacha — sharqdan gʻarbgacha.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil