Massaning saqlanish qonuni — 1) kimyoda (Lomonosov — Lavuazye qonuni) — kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalar massalarining yigʻindisi reaksiya mahsulotlari yigʻindisiga teng . Massaning saqlanish qonuniq. kimyo fani va amaliyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Moddalarning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi butun taʼlimot ana shu qonunga asoslanadi; 2)fizikada — har qanday fizik jarayonda yoki muayyan jara-yonlar guruxida baʼzi fizik kattaliklarning miqdoriy qiymatlari vaqt mobaynida oʻzgarmaydigan fizika qonuniyatlari. Ajratib qoʻyilgan har qanday fizik sistema uchun energiya, impuls, harakat miqdori momenti, elektr zaryadining saqlanish krnunlari muhim hisoblanadi. Energiyaning saqlanish qonuni, impulsning saqlanish qonuni va momentning saqlanish kr-nuni hamma jarayonlar uchun umumiydir. Mas, ajiblikning saqlanish qonuni, juftlikning saqlanish qonuni shunday krnunlar jumlasiga kiradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil