Mateo Bajamich (talaffuzi: Mateyo Bajamich) (xorvatcha: Bajamić) (Xorvatcha talaffuzi: matěo bǎjamitɕ )[2][3] (1999-yil 3-avgustda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi. Mateo Bajamich hujumchi sifatida oʻynaydi[4].

Mateo Bajamich
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3-avgust 1999-yil (1999-08-03) (24 yosh)
Tavallud joyi Morrison, Argentina
Boʻyi 1.78 m[1]
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Unión de Morrison
2016—2018 Instituto
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2020 Instituto 28 (10)
2020—2022 Houston Dynamo 9 (0)
2020—2021Instituto (ijara) 8 (2)
2022Huracán (ijara) 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 19-may uchun)

Faoliyati tahrir

Mateo Bajamich „Instituto“ futbol klubidagi ilk oʻyinini 2019-yilning 23-fevralida o‘tkazdi[5]. Mateo Bajamich klub safidagi ilk boshlangʻich tarkibdagi oʻyinini 2019-yil 3-mart kuni „Guillermo Brown“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (1:0) boshlagan edi[6]. „Instituto“ futbol klubi 2018—2019-yilgi mavsumni turnir jadvalida 22-oʻrinda yakunladi[7]. Mavsumdan soʻng Mateo Bajamich „Instituto“ futbol klubi bilan 2022-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi[8].

Houston Dynamo tahrir

2020-yil 5-oktyabrda Mateo Bajamich Oliy liganing vakili „Houston Dynamo“ futbol klubi safiga qoʻshildi[9]. Xabar qilinishicha, ushbu transfer narxi 1 200 000 dollarni tashkil etadi. „Instituto“ futbol klubi uning keyingi sotuvining 20 foizini oladi[10][11]. Mateo Bajamich „Houston Dynamo“ klubi bilan shartnomasi muddati 2022-yilgacha moʻljallangan edi[9].

Instituto (ijara) tahrir

2020-yil 9-noyabrda Mateo Bajamich „Houston Dynamo“ klubidagi mavsumi boshlanishidan oldin, 2021-yil 21-yanvargacha „Instituto“ futbol klubiga ijaraga berildi[12]. Mateo Bajamich klub safida ijara asosida jami sakkizta oʻyinda maydonga tushib, ikki gol urdi[13].

Huracán (ijara) tahrir

2022-yilning 28-yanvarida Mateo Bajamich yana „Houston Dynamo“ klubi tomonidan ijaraga berildi. Bu safar Mateo Bajamich Argentinaga qaytib, „Huracán“ futbol klubi safiga mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi. Shuningdek, ijara shartnomasida „Huracán“ futbol klubi futbolchini sotib olish opsiyasiga egaligi ham bellgilangan edi[14].

Shaxsiy hayoti tahrir

Argentinada tugʻilgan Mateo Bajamich xorvat millatiga mansub hisoblanadi[15]. 1921-yilda uning bobosi Mariano Bajamich (xorvatcha: Marin Bajamić) Xorvatiyaning Trnbusi shahridan (oʻsha paytda Yugoslaviyaning bir qismi) Argentinaga koʻchib oʻtgan va u yerda Carmen ismli ispan ayoliga uylangan. 2020-yilda Mateo Bajamich Xorvatiya fuqaroligini oldi[16].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Kontinental Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Instituto 2018—2019 Primera B 7 1 0 0 7 1
2019—2020 21 9 1 0 22 9
Jami 28 10 1 0 29 10
Houston Dynamo 2020 Oliy liga 0 0 0 0
2021 9 0 9 0
Jami 9 0 0 0 9 0
Instituto (ijara) 2020 Primera B 8 2 8 2
Jami 45 12 1 0 0 0 0 0 46 12

Manbalar tahrir

  1. „Mateo Bajamich“. World Football. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
  2. „Màtej“ (hr). Hrvatski jezični portal. — „Matèo“. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
  3. „bàjam“ (hr). Hrvatski jezični portal. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
  4. „Dynamo see new signing Mateo Bajamich as "a contributor for down the road"“ (en-US). SBI Soccer (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  5. „Instituto vs. Nueva Chicago - 23 February 2019 - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  6. „Argentina - M. Bajamich - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. us.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  7. „Summary - Primera Nacional - Argentina - Results, fixtures, tables and news - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  8. „Instituto se aseguró a Mateo Bajamich hasta 2022“ (es). Mundo D. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  9. 9,0 9,1 „Dynamo sign winger Mateo Bajamich on full transfer from Instituto AC“. Houston Dynamo (2020-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  10. „Ya es oficial: Mateo Bajamich jugará en la MLS“ (es). Mundo D. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  11. „Gracias Mateo Bajamich“. Instituto Atlético Central Córdoba. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  12. Bogert. „Houston Dynamo loan forward Mateo Bajamich back to Argentina until preseason“. Major League Soccer (2020-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
  13. „Mateo Bajamich“. Soccerway.
  14. „Houston Dynamo FC loan Mateo Bajamich to Club Atlético Huracán | Houston Dynamo“.
  15. „Croatia hone in on talented 20-year-old Argentine-Croat“ (en). Croatia Week (2020-yil 27-fevral). Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
  16. „Sportske novosti - DOMOVNICA JE TU! VELIKI ARGENTINSKI TALENT DOBIO HRVATSKO DRŽAVLJANSTVO, A ZA SN PRVI PUT OTKRIVA NAJLJEPŠU PRIČU 'Od srca želim igrati za Hrvatsku!'“ (hr-hr). sportske.jutarnji.hr (2020-yil 1-mart). Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.