Materik yon bagʻri - okean tubining qirgʻoqqa yaqin qismi, materikning suv ostidagi chekka qismlarining asosiy elementlaridan biri. Shelf bilan materik etagi orasida joylashgan. Okean shelfi va qaʼriga qaraganda yon bagʻri xiyla tikligi (oʻrtacha 4°, koʻp hollarda 15—20° dan 40° gacha) va rel-yefning parchalanganligi bilan farq qiladi. Seysmik tadqiqotlar, dragalash va chuqur suv osti parmalashlari natijasida aniqlanishicha, Materik yon bagʻri b. geologik tuzilishi jihatidan yon-atrof strukturalarining bevosita davomidir. Suv osti denudatsiya va akkumulyasiya jarayonlari roʻy berib turadi. Materik yon bagʻri b. alevrit tarkibli terrigen choʻkindilar, iliq dengizlarda — karbonatli biogen gillar, Dunyo okeanining Antarktika yaqinidagi zonalarida — aysberg yotkiziklari va diatomli gillar bilan krplangan. Organik moddasi sermahsul boʻlganidan Materik yon bagʻri b. alohida batial zona deb ajratiladi (qarang Batial).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil