Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn (asar)

“ Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn” (“Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki azim daryoning qo‘shilish yeri”) nomli yirik tarixiy asar muallifi yirik tarixchi olim Abdurazzoq Samarqandiydir.

Uning to‘liq ismi Kamoluddin Abdurazzoq ibn Jaloluddin is’hoq Samarqandiy (1413—1482) bo‘lib, Hirotdagi badavlat va nufuzli xonadonlarning biriga mansubdir. Abdurazzoq Samarqandiy yirik tarixchi olim sifatida ham nom qoldirdi. U O‘rta Osiyoning XIV—XV asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidan, shuningdek, Temuriylar davlatining qoʻshni mamlakatlar Hindiston, Xitoy va boshqalar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari tarixidan bahs yurituvchi “Matla’us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn” deb ataluvchi asari bilan mashhur bo‘ldi. Kitob 1467—1470-yillar orasida yakunlangan. “Matla’ us-sa’dayn” ikki qism — daftardan iborat: 1) Elxon Abu Sa’id (1316—1335) davridan to Amir Temurning vafoti va Xalil Sultonning Samarqand taxtiga o'tirishigacha, ya’ni 1405-yilgacha boʻlgan davrtarixi va 2) Shohruhning 1405-yili Hirotda Temuriylar imperiyasining oliy hukmdori deb e’lon qilinishidan to Temuriy Abu Sa’idning 1469-yili oldirilishigacha bo‘lgan tarixi.

Adabiyotlar tahrir

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.