Matluba Shodiyeva
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Matluba Shodiyeva. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Matluba Shodiyeva“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Shodiyeva qaydlar • oʻchirish |
Matluba Joʻrayevna Shodiyeva (1982-yil 1-fevral, Mirishkor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Matluba Shodiyeva | |
---|---|
Tavalludi |
1-fevral 1982-yil Mirishkor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi |
Taʼlimi | Qarshi davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirMatluba Shodiyeva 1982-yil 1-fevralda Mirishkor tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan[1]. 1999—2004-yillarda Qarshi davlat universitetining Pedagogika fakultetida, 2010—2012-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida magistraturada tahsil oldi. Oʻz mehnat faoliyatini 1998-yilda Mirishkor tumanidagi 1-oʻrta maktabda bolalar va oʻsmirlar yetakchisi lavozimida boshladi. 2001—2010-yillarda Kasbi tumanidagi 32-oʻrta maktabda, 2011—2012-yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 90-oʻrta maktabda boshlangich sinf oʻqituvchisi, 2012—2015-yillarda Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi lavozimida faoliyat olib bordi. 2015-yildan hozirgi kunga qadar mazkur markazda Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus talim kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir2019-yilda pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2021-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 2022-yilda pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻldi. 1 ta darslik, 1 ta monografiya, 8 ta metodik qoʻllanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola muallifi[1].